Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Aleksandr Piskarev: Mirjalol Qosimov bolaligidan standart vaziyatlarni qoyilmaqom darajada bajarardi

Aleksandr Piskarev: Mirjalol Qosimov bolaligidan standart vaziyatlarni qoyilmaqom darajada bajarardi

Baho:
+ | -

«Spartak»ning eng yaxshi to‘purarlaridan biri, murabbiylik faoliyatida sobiq ittifoq o‘smirlar terma jamoasini boshqarib, 1987 yili jahon chempionatida g‘alabani ta’minlagan Aleksandr Piskarev yaqinda rossiyalik hamkasblarimizga intervyu berdi.

U suhbat jarayonida o‘z jamoasida katta rol bajargan milliy futbolimiz afsonasi Mirjalol Qosimov ijrosidagi o‘yinlarni ham esga oldi, albatta. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Piskarev o‘tgan asrning 70-yillarida qatorasiga 2 yil «Spartak»da bosh to‘purar maqomini olgan. Umuman, u klub uchun 41ta gol urgan.

Bu aytaylik, Dzyuba va Reyngold ko‘rsatkichidan yaxshi, Promesning bu natijani takrorlashi uchun esa yana bitta gol kerak. Aleksandr Mixaylovich «Spartak»dan ketgach, deyarli 15 yil davomida o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarini boshqargan.

- Aytingchi, sizda o‘smirlar terma jamoasini boshqarish varianti qanday yuzaga kelgandi?

- Murabbiylar Oliy maktabi direktori Varyushin o‘smirlar jamoasiga meni va  Gershkovichni tavsiya qilgan. Ammo eshitishim bo‘yicha ayt­sam, Mixail Danilovichni millati tufayli lavozimga qo‘yishmagan. Albatta, bu sof  ahmoqlik. Xullas, 1967 yilda tug‘ilgan bolalardan iborat terma jamoani menga topshirishdi. Ixtiyorimda Kolivanov, Korneev va Dobrovolskiy kabi yigitlar bor bo‘lib, yaxshigina jamoa shakl­langandi. Lekin ushbu termani Anatoliy Bishoves mendan olib qo‘ygandi...

- Qanaqasiga?

- Bilishimcha, u rahbarlarga bevosita murojaat etib, o‘sha jamoani berishlarini so‘ragan. Zero, Bishoves rahbariyat bilan bemalol gaplashardi. Aslida o‘sha vaqt 1966 yili tug‘ilganlardan tuzilgan jamoani shug‘ullantirardi. Qisqasi, u ikki jamoani birlashtirmoqchi ekanligini aytgan. Esimda, federasiya rahbari Koloskov o‘shanda menga shunday degandi: «Bishoves seni o‘ziga yordamchi qilib olmoqchi. Gaplashib ko‘r».

- Pelening shaxsan o‘zi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati-87 to‘purari bo‘lgan Yuriy Nikiforovni dunyodagi eng iqtidorli yosh futbolchi sifatida ta’riflagandi...

- Yuraning tarixi o‘ziga xos qiziq. Aslida uni menga avvalroq tavsiya qilishgandi. Biroq ukrainalik seleksioner Kotelnikov «Ko‘rganman, o‘sha Nikiforovni. Unda hech nima yo‘q», deya shashtimni pasaytirgan. Zero, Yura yaxshi iqtidorlar chiqadigan internat emas, balki Odessadagi oddiy futbol maktabida shug‘ullanarli. Tabiiyki, bunday maktablardan terma jamoaga chiqishning iloji yo‘q edi. Shunga qaramay, uni ko‘rikka taklif qildik va harakatlarini ko‘rib, qoyil qoldik. Natijada Nikiforov 1987 yilgi jahon va Yevropa chempionatlarining 11ta o‘yinida qatnashib, 10ta gol urgandi.

- Chempion jamoa­ning yana bir yetakchisi - Mirjalol Qosimovni qanday topgansiz?

Bu hali hammasi emas, davomi: www.iff.uz da

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 23:11, 19.04.2017.
O'qildi: 5629 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.