«Manchester Yunayted» klubi Zlatan Ibrohimovich bilan bog‘liq g‘alati transferga qo‘l urmoqchi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, «MYU» hujumchini MLS vakili «Los-Anjeles Gelaksi» klubiga sotmoqchi. Shundan so‘ng uni 2018 yil mart oyigacha, ya’ni AQSHda yangi chempionat boshlangunga qadar ijaraga olmoqchi.
Amerikaliklar esa Zlatanga yiliga 5 mln dollar maosh taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining "MYU" bilan imzolagan shartnomasi shu yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.