Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Yoshlar ligasida "Navbahor" "Sho‘rtan"ni mag‘lub etdi

Yoshlar ligasida "Navbahor" "Sho‘rtan"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Yoshlar birinchiligining navbatdagi turida G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasini qabul qilgan "Navbahor" 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvnining birinchi bo‘limida "Navbahor" tashabbusga erishdi. Bu hol tez orada hisobda ham o‘z aksini topdi. 20-daqiqada Ilhom Aliboyev raqib himoyachisining xatosidan foydalanib, darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Aliboyev o‘zidan ham qulayroq vaziyatda turgan Ravshan Xursanovni to‘p bilan ta’minladi. Xursanovga esa bo‘sh qolgan darvozani nishonga olish qiyinchilik tug‘dirmadi.

26-daqiqaga kelib esa hisobdagi farq ikkitaga oshirildi. I.Boydedayev-A.Sultanov-I.Aliboyev kombinasiyasidan so‘ng Aliboyev 16 metrdan aniq zarba yo‘llashni uddasidan chiqdi.

"Navbahor" yoshlari 2:0 hisobidan keyin biroz xotirjamlikka berilishdi. Bundan esa g‘uzorliklar samarali tarzda foydalanib, Laziz Ubaydullayevning aniq zarbasidan keyin hisobdagi farqni qisqartirishdi.

Mehmonlar tanaffusga qadar o‘rtadagi muvozanatni tiklashlari ham mumkin edi. G‘ulom Rahmonovning kuchli zarbasini Isroil Obidjonov qaytarib qolib, bunga imkon bermadi.

Ikkinchi bo‘limda “Sho‘rtan” futbolchilari ko‘proq hujumkor o‘yin namoyish etishga intilishdi. Natijada har ikki darvozalar oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Shunday bo‘lsada, hech bir jamoa futbolchisiga gol urish nasib etmadi va birinchi bo‘limdagi hisob saqlanib qoldi.

Yoshlar ligasi, 7-tur

“Navbahor” – “Sho‘rtan” - 2:1 (2:1). 21 aprel. To‘raqo‘rg‘on. “Yoshlik” o‘yingohi.
Hakamlar: D.Jalimov, I.Nosirov, A.Jabbarov, E.Tursunov.
Nazoratchi – A.Abdullayev.
"Navbahor": 16.Isroil Obidjonov (12.Nodir Ashurmatov, 46), 2.Bilolxon Toshmirzayev (13.Muzaffar Abdullayev, 90+1), 4.Javohir Olimjonov, 5.Timur Tolipov, 8.Ravshan Xursanov, 15. Alisher Mirzayev (16.Ahmadjon Mamadaliyev, 64), 17.Ilhom Boydedayev, 22.Abduaziz Sultonov, 30.Iskandar Siddiqjonov, 48.Hojiakbar Yunusov, 70.Ilhom Aliboyev.
"Sho‘rtan": 16.Akmal Rahimov, 6.Akmal Baxromov, 7.YUsuf Bo‘riyev (15.Islom Shodmonov, 46), 9.Timur Komiljonov, 14.SHerzod Temirov, 17.G‘ulom Rahmonov (8.SHoxjahon Ma’rupov, 69), 18.Olimjon Karimov (4.Mirmuhsin Sattorov, 66), 19.Laziz Ubaydullayev (11.Nurbek Yo‘ldoshev, 77), 23.Nurali Padarov, 25.SHamsiddin Sagdullayev, 29.Qadamboy Nurmetov (20.SHaxzod Xursanov, 66).
Gollar: R.Xursanov (20), I.Aliboyev (26)– L.Ubaydullayev (30).
Ogohlantirishlar: T.Tolipov (67), I.Aliboyev (69), H.YUnusov (83) – N.Padarov (16), T.Komiljonov (61).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:08, 21.04.2017.
O'qildi: 3005 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик