Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Oliy liga, 7-tur. «Lokomotiv» g‘alaba qozondi, «Paxtakor»ning 2 futbolchisi chetlatildi

Oliy liga, 7-tur. «Lokomotiv» g‘alaba qozondi, «Paxtakor»ning 2 futbolchisi chetlatildi

Baho:
+ | -

Oliy liganing 7-turi doirasida "Paxtakor" va "Lokomotiv" o‘rtasidagi markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi.

O‘yin yuqori saviyada o‘tdi deb aytish qiyin. Bahs so‘ngiga kelib "harorat" oshganini ta’kidlash lozim.

O‘yinning 9-daqiqasida mezbonlar penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Stanislav Andreev 11 metrli jarimadan zarba berib, to‘pni yuqoriga tepib yubordi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgilandi va Marat Bikmayev undan samarali foydalandi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan paxtakorchilar hisobni tenglashtirishdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Adnan Oraxovas raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Yuqorida aytganimizdek, o‘yin so‘ngiga kelib, temp biroz oshdi. Dastlab Jasur Hakimov o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Temiryo‘lchilar esa o‘z imkoniyatlarini golga aylantirishdi. Aliboyev o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Maxaradze bosh bilan darvozaga joyladi. Lobanov to‘pni qaytardi, ammo Bikmayev darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida "Paxtakor"ning bir emas, ikki futbolchisi maydondan chetlatildi. Dastlab Kamoliddin Tojiyev Aliboyevga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va ikkinchi sariq kartochka tufayli maydonni tark etdi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritish huquqini qo‘lga kiritishdi va. Lobanov "Loko" jarima maydonchasiga yetib keldi. Sasha dastlab temiryo‘lchilar himoyachisi Muhammad Kone bilan "san-man"ga borgani uchun sariq kartochka oldi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Lobanov bosh bilan zarba berib, hisobni tenglashtirishiga bir baxya qoldi. Nesterov maydonni tark etgan to‘pni olib, o‘z darvozasi oldiga o‘rnatayotganida, Lobanov to‘pni yon tomonga tepib yubordi. Natijada hakam "Paxtakor" darvozaboniga 1 daqiqa ichida ikkinchi "sariq"ni, ketidan qizil kartochkani ko‘rsatishga majbur bo‘ldi.

Ravshan Haydarov bu paytda yana bir o‘zgartirishni saqlab qolgan ekan, zaxira posboni Sherzod Karimovning o‘rniga tushirildi.

"Lokomotiv" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 15taga yetkazib, peshqadam bo‘lib oldi.

Oliy liga. 7-tur, 18:00
«PAXTAKOR» – «LOKOMOTIV» 1:2
Gollar: Adnan Oraxovas (33) — Marat Bikmayev (26-penalti, 81)
Chetlatishlar: Kamoliddin Tojiyev (86, ikkinchi ogohlantirish), Aleksandr Lobanov (90+2, ikkinchi ogohlantirish)
"Paxtakor": Aleksandr Lobanov (s), Vladimir Kozak, Adnan Oraxovas, Yurisa Bulyat, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Akbar Ismatullayev, Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreev, Sherzod Karimov, Jasur Hakimov
Zaxira: Hojiakbar Jo‘rayev, Jamshid Iskanderov, Suhrob Nurullayev, Ibrohim G‘anixonov, Shohrux Mahmudhojiyev, Jamshid Yusupov, Xushnud Avilov
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Muhammad Kone, Salim Mustafoyev, Kaxi Maxaradze, Temur Kapadze (s), Ikrom Aliboyev, Sardor Mirzayev, Marat Bikmayev, Murod Bobojonov
Zaxira: Ma’mur Ikromov, Bobur Yo‘ldoshev, Sadriddin Abdullayev, Shuhrat Muhammadiyev, Quvondiq Ro‘ziyev, Sherzod Fayziyev, Diyorjon Turopov
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:58, 21.04.2017.
O'qildi: 8752 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.