Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Nasaf" Yoshlar ligasida "Obod"ni mag‘lub etdi

"Nasaf" Yoshlar ligasida "Obod"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

“Nasaf” yoshlari 7-tur o‘yinlari doirasida Toshkentning “Obod” jamoasi bilan bahs olib bordi.

O‘tgan turlarda muvaffaqiyatsizliklar tufayli qator ochkolarni yo‘qotgan Qarshiliklar bugun qanday bo‘lmasin g‘alaba qozonishi shart edi.

Shunday ham bo‘ldi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi 55-daqiqasida Doniyorjon Narzullayev tomonidan kiritilgan yagona gol, Qarshiliklarning uzoq kutilgan g‘alabasini ta’minladi.

Birinchi bo‘lim mezbonlarning ustunligida o‘tdi. Ular gol urish uchun ko‘plab imkoniyatga ham ega bo‘lishdi. Ammo darvozani ishg‘ol qilish hech kimga nasib etmadi. O‘z o‘rnida “Obod” jamoasi ham yomon o‘yin ko‘rsatmadi, ular ham bir necha xavfli vaziyatlarni yarata olishdi. Bu vaziyatlarda himoyachilar va darvozabon yaxshi harakat qilib, vaziyatni golga aylanishiga yo‘l berishmadi.

Ikkinchi bo‘lim, birinchi bo‘limga nisbatan shiddatliroq kechdi. 55-daqiqada “Obod” jamoasi darvozaboni qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Undan Doniyorjon Narzullayev unumli foydalandi va bo‘sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi – 1:0.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari gollarga boy bo‘lishi ham mumkin edi. Afsuski ko‘plab golli vaziyatlar puchga chiqdi.

"Nasaf" yoshlari navbatdagi uchrashuvini safarda, “Qizilqum” yoshlari bilan o‘tkazadi. Uchrashuv 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Yoshlar ligasi, 7-tur
21.04.2017. Yoshlar qarorgohi maydoni. 17:00da
“Nasaf” (Qarshi) – “Obod” (Toshkent) 1:0 (0:0)
Gol: Doniyorjon Narzullayev, 55'-1:0
Bosh hakam: Shuhrat Rajabov (Buxoro)
Qanot hakamlari: Suxrob Sattorov (SHaxrisabz), Zufar Eliboyev (Qarshi)
Zaxira hakami: Komil Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).
“Nasaf”: 44.Muzaffar Sharipov (s), 4.Jo‘rabek Mannonov, 6.Sirojiddin Qo‘ziyev, 9.Dilshod Xushbakov (7.Abubakr Rizo Turdaliyev 90+2), 14.Jahongir Qurbonboyev (43.Alfayzi Ne’matov 61), 19.SHerzod Nasrullayev, 20.Akmal Mozgovoy, 22.Akmal Olimov, 28.Sardor Sadullayev(13.Muxriddin Zoirov 56), 32.G‘olib G‘aybullayev, 38.Doniyor Narzullayev.
Zaxira: 30.Azizxon Isaqov, 34.Navro‘zjon Saidov, 35.Anvar Husanov.
“Obod”: 1.SHirinboy Abdullayev (40.Ubaydullo Inoyatullayev 63), 3.Abbos Isroilov, 4.Abdulboriy Olimov, 7.Daniyel Nasriddinov, 8.Timur Vasilyev (70.Farhod Maxammadjonov 66), 9.Mirshoxid Olimov, 27.Xumoyun Abdullayev (s), 30.Jasurxo‘ja Ismoilov, 44.Jahongir Omonov, 50.Abdulloh Olimov, 77.Dilmurod Jo‘raboyev.
Zaxira: 40.Ubaydullo Inoyatullayev, 10.Otabek Pardaboyev.
Ogohlantirish: Akmaljon Olimov 37, Sirojiddin Qo‘ziyev 40, Dilshod Xushbakov 41, Alfayzi Ne’matov 65.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:17, 21.04.2017.
O'qildi: 2706 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.