Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 0-0 Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Ixtiyor Karimov: “Kamida durang, ko‘pi bilan g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik”

Ixtiyor Karimov: “Kamida durang, ko‘pi bilan g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik”

Baho:
+ | -

Oliy liga 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Sho‘rtan” (1:0) o‘yinidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Ixtiyor Karimov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"Avvalambor namanganlik futbol muxlislarini yutuq bilan tabriklayman. “Navbahor” jamoasiga esa keyingi o‘yinlarda ham omad tilayman. O‘yin borasida gap ketganida, o‘zlaringiz guvohi bo‘lganlaringizdek, derli 90 daqiqa kurashlarga boy bahs bo‘ldi. Har ikki jamoa ham g‘alaba va ochko uchun harakat qildi. Bittagina standart vaziyatdagi xato gol bilan yakunlandi va biz mag‘lub bo‘ldik. Bugungi uchrashuvda oldimizga kamida durang ko‘pi bilan esa g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik. Lekin, maqsadimiz yeta olmadik. Bu futbol, futbol shunisi bilan qiziq. Hamma narsa futbolchilarning ruhiy tayyorgarligida, ya’ni o‘z kuchiga ishonish, g‘alabaga bo‘lgan intilish bilan bog‘liq. Bosh murabbiylik vazifasini bajarishga kirishganimdan keyin jamoa a’zolari bilan bir maqsad yo‘lida birlashishga qaror qildik. To‘g‘risini aytganda bugungi bahsda futbolchilarimizda ozgina charchoq alomatlari sezildi. Xabaringiz borki, o‘z maydonimizda avvaliga “Lokomotiv”, keyin esa “Paxtakor” bilan kuch sinashdik. Bunday klublarga qarshi uchrashuvlarda ruhan tayyor holda yondoshilmasa ijobiy natija qayd etish qiyin masala. Futbolchilarimiz natijalarni ijobiy bo‘lishi uchun bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Bugun ham o‘yinchilarimiz yaxshi harakat qilishdi. Bittagina xato mag‘lubiyatga olib keldi. Futbol jamoaviy sport turi hisoblanadi. Shunday ekan, maydonda harakat qilgan futbolchilar orasidan kimnidir alohida ajratib ko‘rsatish noto‘g‘ri bo‘lardi. Har ikki jamoa futbolchilari o‘z imkoniyatlari va kuchlaridan kelib chiqib harakat qilishdi. “Paxtakor”ga qarshi o‘tgan uchrashuvdan so‘ng ham omad nima degan ma’noda savol berishgandi. Sportning bir bo‘lagi omad. Omad tushunchasini qiyin vaziyatda ozgina vaziyatda mushkulingizni oson bo‘lishini omad deb bilaman. Omadni chopishi uchun birinchi navbatda futbolchilar harakat qilishi kerak. Harakatda barakat deb bejizga aytishmagan. “Navbahor” jamoasi futbolchilari 90 daqiqa davomida harakat qilishdi. Har bir vaziyat uchun bor kuchlari bilan intilishdi va omadni o‘zlariga chaqirib olishdi. Sobirxo‘jayev bugungi uchrashuvga tayyor edi. Biroq, o‘yin paytida ikki bor jarohat olishi uning imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi. Xolmatov tajribali futbolchilar sirasiga kiradi. Uning tajribasi haqida gapirishga xojat yo‘q. Vaqti kelib, Akmal jamoamizga albatta yordam beradi. Buning uchun ozgina vaqt kerak va sabr qilish lozim. Pishchur ketadimi yoki ketmaydimi oldimizda chempionatning ko‘plab o‘yinlari bor. Oleksandr balki jamoamizga kirishib keta olmagandir. Bunga ham vaqt kerak. Har ikki futbolchimizni ham qachondir yordami tegadi deb o‘ylayman" - dedi Karimov. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:39, 22.04.2017.
O'qildi: 2773 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.