Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Oliy liga 7-tur. Cheranning goli "Nasaf"ga g‘alaba keltirdi

Oliy liga 7-tur. Cheranning goli "Nasaf"ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Oliy liga 7-turida “Nasaf” Toshkentning “Obod” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv birinchi bo‘limi mezbonlarning ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, raqib darvozasi ishg‘ol qilinmadi. Mehmonlar ko‘pchilik bo‘lib, yaxshi himoyalanishdi. "Nasaf" ko‘plab golli vaziyatlar yaratib, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Birinchi bo‘lim 0:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning boshida "Nasaf" hisobda oldinga o‘tib oldi. Uchrashuvning 47-daqiqasida tashkil etilgan hujum gol bilan yakunlandi. Bu vaziyatda maydonning chap qanotidan hujum uyushtirilgan edi. Farruh Sayfiyev havodan to‘pni jarima maydoniga yetkazib berdi, bu to‘pga sakragan Dragan Cheran to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi – 1:0.

Bu bilan Dragan Cheran mavsumdagi 5-golini kiritdi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida ham mezbonlar tashabbusni o‘z qo‘llarida ushlab turishdi. Tashkil etilgan hujumlarda gol urish uchun ham imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo o‘yinchilar bu imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida “Obod” jamoasida ham hisobni tenglashtirish uchun juda qulay vaziyat bo‘ldi. Ammo Shohruz Norxonovdan bu safar omad yuz o‘girdi.

Oliy liga, 7-tur
22.04.2017. “G‘uzor” markaziy stadioni. 17:30da
“Nasaf” (Qarshi) – “Obod” (Toshkent) 1:0 (0:0). 2125 tomoshabin
Gol: Dragan Cheran, 47’-1:0

Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent)
Qanot hakamlari: Sardor Hakimov, Sherzod Kamarov (ikkalasi ham Samarqanddan)
Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 2.Akmal Shorahmedov, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Dilshod Rahmatullayev (45.Bobir Abdurahimov 46), 14.SHarof Muhitdinov (27.Islom Rashidxonov 78), 18.Bahrom Abdurahimov, 22.Igor Golban, 23.SHerzod A’zamov (s), 34.Farruh Sayfiyev, 69.Dragan Cheran.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov, 8.Sirojiddin Qo‘ziyev, 9.Dilshod Xushbakov, 31.Saydullo Rahmatov.
“Obod”: 12.Azamat Axmedov, 3.Anvar G‘ofurov, 4.Farhod Mirahmatov, 5.G‘ayrat Umirov, 7.Sanjar Rihsiboyev, 8.Doniyor Hasanov, 13.Islom Ismoilov, 18.Sanjar To‘raqulov (10.Sunatillo Ermatov 55), 19.Sardor Qahhorov, 20.Idris Bekmashkin (6.SHerzod Jalilov 70), 21.Navro‘z Xaipov (11.SHohro‘z Norxonov 46).
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullayev, 9.Pavel Solomin, 17.Mirshoxid Olimov, 44.Temur Vasilyev.
Ogohlatirish: Farruh Sayfiyev 42, Dragan Cheran 75, Akmal Shorahmedov 90+3 – Anvar G‘ofurov 42, Sanjar To‘raqulov 44.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:19, 22.04.2017.
O'qildi: 2240 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик