Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Intervyu. Sardor Rahmonov: «Neftchi» bilan ayrim masalalar borasida kelisholmadik»

Intervyu. Sardor Rahmonov: «Neftchi» bilan ayrim masalalar borasida kelisholmadik»

Baho:
+ | -

«Mash’al» joriy mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda boshladi. Muborakliklar ortda qolgan o‘yinlarda o‘ziga xos shov-shuv ko‘tarishdi. Xususan, «Paxtakor»ning mag‘lub etilgani fikrimizga isbot bo‘lishi mumkin. Albatta, muxlislarga shunday futbol ma’qul keladi. Kutilmagan natijalarning qayd etilishi stadionga ishqibozlarni qaytaradi. Biz «Mash’al»dagi ishonchli o‘yinlari orqali jamoasi yutuqlariga munosib hissa qo‘shayotgan Sardor Rahmonov bilan suhbatlashib, o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- Sardor, o‘tgan mavsum «Neftchi» sharafini himoya qildingiz. Farg‘onaliklar safini tark etishingizga nima sabab bo‘ldi?

- Jamoani Mansur Saidov, Shukurali Po‘latov, Akmal Xolmatov, Jahongir Mehmonov kabi yetakchilar tark etishdi. Klub rahbariyati bilan ayrim masalalarda kelisha olmadik. Shu bois ham «Neftchi»dan ketishga majbur bo‘ldim.

- Intervyularingizning birida klub rahbariyati va’dasini bajarsa, «Neftchi»da qolishingizni aytgandingiz. Sizga qanday va’da berilgandi?

- Shartnomada ko‘rsatilgan ba’zi bandlar bo‘yicha kelishib olgandik.

- Demak, klub rahbariyati tomonidan moliyaviy majburiyatlar bajarilmagan...

- Shunday desa ham bo‘ladi.

- Haligacha qarzdorlik saqlanib qolganmi?

- Yo‘q. Men bilan hisob-kitob ishlari to‘liq amalga oshirilgan.

- Shartnoma muddati yakunlanganmidi?

- Yana bir yil bor edi.

- Unda kelishuv ikki tomonning roziligi bilan bekor qilindimi?

- Xuddi shunday.

- Siz aytgandek, «Neftchi»ni yetakchi futbolchilar tark etishdi. Ularning ketishiga ham shu muammo sabab bo‘ldimi?

- Ha, ular ham shartnoma shartlarini kelisha olishmadi.

- Bundan ko‘rinib turibdiki, «Neftchi»da yetarlicha muammolar bor...

- Hozir vaziyat qandayligini bilmayman.

- «Mash’al» varianti qay tarzda yuzaga keldi?

- O‘tgan mavsum yakunlanganidan ke-yin Muborak klubi rahbariyati tomonidan qiziqish bo‘lgandi. Har tomonlama o‘ylab ko‘rib, faoliyatimni «Mash’al»da davom ettirishga qaror qildim. Menga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning o‘zi taklif bilan chiqqandi. Jamoadagi kelajagim haqida u kishi bilan gaplashib olganim uchun shartnoma imzolashda ortiqcha ikkilanmadim.

- «Paxtakor»ni nimaning evaziga mag‘lub etdinglar? Buni kutilmagan natijaga yo‘yish mumkinmi?

- Jamoaviy o‘yin va kuchli ishtiyoq hisobiga g‘alaba qozondik. Qolaversa, himoyada ham tartibli o‘ynadik. Shaxsan men buni kutilmagan natija, demagan bo‘lardim.

- «Mash’al» bilan qancha muddatga bitim tuzdingiz?

Bu hali hammasi emas, davomi bu yerda

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:32, 23.04.2017.
O'qildi: 3812 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.