Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘yin qahramoniga 10 ming rial yoxud legionerlarimiz haqida...

O‘yin qahramoniga 10 ming rial yoxud legionerlarimiz haqida...

Baho:
+1 | -

Xorijda to‘p suruvchi o‘zbekistonlik futbolchilarning faoliyatiga nazar solamiz.

To‘rayev jamoasi - yarim finalchi. Malayziya futbol assosiyasiyasi kubogi yarim finalchilari aniqlandi. Lutfulla To‘rayevning klubi - «Terengganu» chorak final bosqichi javob bahsida «Saravak» mehmoni bo‘lib, asosiy vaqtda 1:1 hisobini qayd etdi. Natijada g‘olibni penaltilar seriyasida aniqlashga to‘g‘ri keldi. Xullas, «lotereya bahsi»da 4:1 ko‘rinishida ustun kelgan To‘rayev jamoasi keyingi raundga chiqdi. Hamyurtimiz mazkur uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.

Krimes hamon amaliyotsiz. O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Yegor Krimes  Xitoy super-ligasi 6-turida ham o‘yin amaliyotisiz qoldi. Uning klubi - «Pekin Guoan» esa o‘z maydonida «Tyanjin Kuanjin» bilan murosa yo‘lini tanladi - 1:1. Mutlaqo tushunarsiz holat shuki, poytaxt klubi ustozi Xose Gonsales hamyurtimizni joriy mavsum hali biror marta hattoki, o‘yin qaydnomasiga ham kiritmadi. Milliy jamoamiz sardori Odil Ahmedov esa «Shanxay SIPG»ning 3:0 ko‘rinishidagi g‘alabasiga 90 daqiqalik faolligi bilan hissa qo‘shdi. Andre Villash-Boash shogirdlarining bu safar tarkibida mashhur Esyekel Lavessi to‘p suradigan va mashhur Manuel Pellegrini qo‘l ostida shug‘ullanayotgan «Xebey Chayna Forchun»ga zarracha imkoniyat qoldirishmaganini alohida ta’kidlash o‘rinli. Anzur Ismoi­lov jamoasi - «Chanchun Yatay» ham bu turda g‘alabani nishonladi.  «Xenan Jinanye» bilan o‘ynagan chanchunliklar 1:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvda to‘liq ishtirok etgan Ismoilov birinchi bo‘lim oxirida sariq kartochka oldi. Aytish joiz, «Chanchun Yatay» joriy mavsum hisobidan birinchi marta g‘alabaga erishdi.

Penalti evaziga yutuq. Tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov to‘p surayotgan «Sepahon» jamoasi Eron pro-ligasi 28-turida «Sabo Bateri» mehmoni bo‘ldi va penaltidan urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz odatdagidek, o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi.

Rashidov - o‘yin qahramoni. «Al-Jaish» klubi Qatar kubogi yarim finalida mamlakat chempioni - «Lahviya»dan ustun keldi. «Al-Sadd»ga tegishli Jassim Bin Hamad Stadium arenasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda jami 5ta gol urildi va shundan 3ta milliy termamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov klubi hisobiga yozildi. E’tiborli tomoni, o‘yin yakunida aynan hamyurtimiz urgan gol muhim ahamiyat kasb etib, «Jaish» 3:2 hisobidagi g‘alabani tantana qilish asnosida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yana bir tomoni, 

Bu hali hammasi emas, maqola davomini bu yerdan o‘qishingiz mumkin

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:58, 24.04.2017.
O'qildi: 14630 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.