Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

YECHL, chorak final. Rekordlar raqamlar va faktlar

YECHL, chorak final. Rekordlar raqamlar va faktlar

Baho:
+ | -

0 - «Yuventus» posboni  Janluiji Buffon «Barselona» yulduzi Lionel Messidan biror marta gol qo‘yib yubormagan.

Luis Enrike boshchiligida «Barselona» ilk marta o‘z maydonidagi bahsda g‘alaba qozonolmadi. Jamoa bundan oldingi ketma-ket 15ta uy o‘yinida faqat g‘alabani tantana qilgandi. To‘plar nisbati esa -  50-7.

2 - «Yuventus joriy mavsum CHL doirasidagi 10ta o‘yinda atigi 2ta gol qo‘yib yubordi. Xullas, 2016 yilning 22 noyabrida bo‘lgan «Sevilya» - «Yuventus» bahsining 9-daqiqasida mezbonlar vakili Nikolas Parexa gol urganidan buyon hech kimga Janluiji Buffon darvozasini ishg‘ol etish nasib qilmayapti. Raqamlar asnosida aytsak, buyuk Jijining turnirdagi «quruq» seriyasi 531 daqiqaga yetdi.

4 - «Monako» vakili Toma Lemar CHL «pley-off» bosqichining ketma-ket 4ta o‘yinida o‘z hisobiga samarali «pas» yozib qo‘ydi. Bunday natija oxirgi marta 2011 yili Andres Inyesta tomonidan qayd etilgandi.

7 - «Yuventus» yarim finalga 7-marta yo‘l olib, bu borada Italiya klublari orasida yakka peshqadamga aylandi.

16 - «Monako»ning 18 yoshli iqtidori Kilian Mbappe so‘nggi 16ta o‘yinda 16ta gol urdi.

16 - «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski so‘nggi 12ta o‘yinda o‘z hisobiga 16ta gol yozib qo‘ydi. Bundan tashqari, «Real» darvozasini 6-marta nishonga oldi. Boshqa hech bir bir futbolchi CHLga bog‘liq bunday natija bilan maqtanolmaydi.

16 Marko Roys CHLdagi 16-golini nishonladi. U nemis millatiga mansub futbolchilar orasida Tomas Myuller (39ta gol) va Mario Gomes (26ta gol)dan ortda, xolos.

21 - «Barselona» CHL doirasidagi so‘nggi 21ta uy o‘yinida ilk marta maydonni golsiz tark etdi. Kataloniyaliklar oxirgi marta 2013 yilning 1 may kuni «Bavariya»ga qarshi bahsda gol urolmasdan, 0:3 hisobida yutqazgandilar.

23 - «Yuventus» sharafini himoya qilayotgan Dani Alvesh bungacha «Barselona» safida 391ta o‘yin o‘tkazib, jami 23ta sovrin yutgandi.

46 - «Atletiko» Diyego Simeone boshchiligida CHLda 46 marta maydonga tushib, 27ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

50 - «Monako» sardori Radamel Falkao evrokuboklar doirasidagi 50-o‘yinida 45-golini nishonladi.

62 - «Yuventus» posboni Janluiji Buffon jami 148ta yevrokubok o‘yinida qatnashib, shundan 62tasida gol qo‘yib yubormagan.

100 - «Real» sardori Serxio Ramos CHLda yubiley - 100-o‘yinini o‘tkazdi.

2010 - «Lion» 2010 yili yarim finalga chiqqanidan buyon Fransiyaning biror klubi turnirning ushbu bosqichida o‘ynamagandi. Mana, «Monako» oradan 7 yil o‘tib, omadsizlikka chek qo‘ydi.

Omadsizlikmi bu...?

«Barselona» - «Yuventus» bahsida mezbonlar turinliklar darvozasi tomon bor-yo‘g‘i bir marta aniq zarba yo‘llashdi. «Barselona» o‘z maydonida bunday holatga oxirgi marta 2009 yili duch kelgandi.

Shuningdek, Lionel Messi «Yuventus» darvozasi tomon 5 marta hujum uyushtirib, shuncha xatoga yo‘l qo‘ydi. Argentinalik futbolchi bunday yomon natijani oxirgi marta 2011 yilning sentyabrida BATEga qarshi uchrashuvda qayd etgandi. Leo o‘shanda BATE darvozasi tomon uyushtirilgan hujumlarda 6 marta xato qilgandi.

Texnik ko‘rsatgichlar

Darvoza tomon aniq zarbalar soni bo‘yicha: 20ta - Krishtianu Ronaldu («Real»); 16ta - Pyer-Emerik Obameyang («Borussiya» D.); 15ta - Karim Benzema («Real»), Edinson Kavani («PSJ»), Lionel Messi («Barselona»).

Darvoza tomon noaniq zarbalar soni bo‘yicha: 21ta - Krishtianu Ronaldu («Real»); 17ta - Robert Levandovski («Bavariya»); 16ta - Lionel Messi («Barselona»); 12ta - Radamel Falkao («Monako»), Edinson Kavani («PSJ»).

Sariq kartochkalar soni bo‘yicha: 5ta - Marko Verratti («PSJ»), Neymar («Barselona»); 4ta - 5 nafar futbolchi. Jami 442ta sariq kartochka qayd etildi.

Qizil kartochkalar soni bo‘yicha: 1ta - 23 nafar futbolchi.

Chap oyoqda gol urish bo‘yicha: 11ta - Lionel Messi («Barselona»); 4ta - Paulo Dibala («Yuventus»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Riyod Mahrez («Lester»).

O‘ng oyoqda gol urish bo‘yicha: 6ta -Edinson Kavani («PSJ»), Robert Levandovski («Bavariya»); 5ta - Krishtianu Ronaldu («Real»).

Bosh bilan gol urish bo‘yicha: 3ta - Karim Benzema («Real»).

Jarima maydoni ichidan gol urish bo‘yicha: 10ta -Lionel Messi (Barselona); 8ta -Edinson Kavani («PSJ»).

Jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo‘yicha: 3ta - Krishtianu Ronaldu («Real»), Anxel di Mariya («PSJ»).

Penalti orqali gol urish bo‘yicha: 4ta - Robert Levandovski («Bavariya»).

Eng ko‘p masofa bosib o‘tgan futbolchilar: 120199 metr - Koke («Atletiko»); 111132 metr - Antuan Grizmann («Atletiko»); 107401 metr - Danni Drinkuoter («Lester»); 106739 metr - Gabi («Atletiko»); 103382 metr - Yulian Vaygl («Borussiya» D.); 100902 metr - Bernardu Silva («Monako»).  12 nafar futbolchi 96 kilometrdan ortiq masofa bosib o‘tdi.

Eng ko‘p gol urgan jamoalar:

Bu hali hammasi emas, davomii bu yerdan o‘qishingiz mumkin

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 10:18, 25.04.2017.
O'qildi: 4982 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.