«Roma» klubining sport direktori Riki Massara bosh murabbiy Luchano Spalletti bilan yangi shartnoma imzolanishiga umid bildirdi.
«Spalletti diqqat-e’tiborini mavsumning yakuniga qaratgan, shu tufayli ham shartnoma borasida gap-so‘z bo‘lgani yo‘q. Hozir «Yuventus»dan ancha orqada qoldik, ammo natijalarimizga mavsum oxirida baho beramiz.
Murabbiy joriy mavsumda yaxshi ishladi. U bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz va uni uzaytirishga umid qilamiz» - dedi Massara Football Italia xabarida.