Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

OCHL. «Lokomotiv» yana g‘alabani qo‘ldan chiqardi

OCHL. «Lokomotiv» yana g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasida ketma-ket ikkinchi o‘yindirki so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqarmoqda.

Saudiya Arabistoninning "At-Ta’vun" klubiga qarshi o‘yinning debyutini mezbonlar faol boshladi. Ammo raqib darvozasi oldida yaratilgan vaziyatlar golga aylantirilmadi. Raqib esa «Lokomotiv»ning dastlabki xatosidan unumli foydalandi. 18-daqiqada Abdumajid as-Suvat bir necha himoyachini aldab o‘tib, Nesterov bilan yuzma-yuz chiqdi va osonlikcha darvozani ishg‘ol etdi.

Mehmonlar quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Oradan uch daqiqa o‘tgach, burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni Marat Bikmayev boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

31-daqiqada «Loko» hisobda oldinga chiqib oldi. Jaloliddin Masharipov chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirganida, himoyachi uni chalib yiqitishdan boshqa chora topolmadi. Belgilangan penaltini Bikmayev aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida "Lokomotiv" darvozasiga penalti belgilandi. Rikardo Machadoning zarbasini Nesterov qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar juda yaxshi boshlashdi. Diyor Turopov o‘ng qanotdan chap oyog‘ida uzatma berdi. Bikmayev darvoza yaqinida to‘p yo‘nalishini o‘zgartirishga harakat qildi, ammo to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi. Biroq bu harakat saudiyalik posbonni yaxshigina chalg‘itdi va to‘p darvozaning qo‘liga tegib, ustun orqali chiziqni kesib o‘tdi.

Ikkita to‘p ustunligida oldinga chiqib olgan "Lokomotiv" buyog‘iga g‘alabani qo‘ldan chiqarmaydigandek edi. Biroq futbolchilarimiz bo‘shashib qolishi natijasida "Ta’vun" futbolchilari 5 daqiqa ichida 65 va 70-daqiqalarda juda oddiy vaziyatlarda "Loko" darvozasini 2 marta ishg‘ol qilishdi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 8 daqiqa qolganida Jaloliddin Masharipov individul mahorat evaziga Eden Azar uslubiga raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Ana endi Miklyayev shogirdlari g‘alabani ushlab qolishlari kerak edi. Ammo ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar boshlanganda saudiyaliklar jarima zarbasini golga aylantirishdi.

Ushbu durang na "Lokomotiv"ni, na "At-Ta’vun"ni qanoatlantirdi. Har ikkala jamoa hisobidagi ochkolar soni 5taga yetdi. Bugun Toshkent vaqti bilan 20:45da boshlanadigan "Istiqlol" - "Al-Ahli" o‘rtasidagi o‘yinda eronliklarning g‘alaba qozonishini kutib qolamiz. Shunda so‘nggi turni "Al-Ahli"ga qarshi o‘tkazadigan "Lokomotiv"da pley-offga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoladi.

OCHL-2017. «A» guruhi. 5-tur
«LOKOMOTIV» - «AT-TA’VUN» - 4:4 (2:1)
Gollar: Bikmayev (18, 31 pen, 49), Masharipov (81) – As-Suvat (17), Husayn (65), NDiaye (69), Machado (90+1)
Amalga oshirilmagan penalti: Machado 37 (darvozabon)
Bosh hakam: Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim (Qatar)
Qanot hakamlari: Tolib Salim Al Marriy (Qatar), Saud Ahmad Almaqala (Qatar)
Zaxira hakami: Saud Ali Al Adba (Qatar)
Nazoratchi: Ali Hamad Al Badvavi (BAA)
Komissar: Richard Del Fonso (Filippin)
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yuldashov, 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikromjon Aliboyev, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev (22.Murodbek Bobojonov, 85),  18.Timur Kapadze, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 33.Oleg Zoteev, 77.Diyorjon Turopov (29.Quvondiq Ro‘ziyev, 67), 99.Jaloliddin Masharipov.
Zaxira: 12.Ma’mur Ikromov, 11.Sadriddin Abdullayev, 17.Salim Mustafoyev, 28.SHuhrat Muhammadiyev, 37.SHerzod Fayziyev,
"At-Ta’vun": 22.Fahad Al Shammari, 3.Abdulloh Kano, 4.Rikardo Machado,  10.Jihod Al Hussayn, 14.Muhammad Abusaban (6.Abdulrahmon Al Baraka, 46), 16.Naif Musa, 17.Mahmud Muaz, 19.Alassan NDiaye, 27. Said Al Dosari 29.Lusian Sanmarten (70.Muhammad Al Saiari, 62), 80.Abdulmajid As-Suvat.
Zaxira: 23.Sulton Al Gamdi, 11.Saqr Otayf, 18.Mido, 28.Abdulloh Al Shammari, 37.Abdulloh Al Shammari.
Ogohlantirishlar: Naif Musa 7, Marat Bikmayev 40

ЖамоаЎйинҒалабаДурангМағлубиятТ-НОчко
1 Истиқлол 4 2 1 1 7-3 7
2 Ал-Аҳли (БАА) 4 2 1 1 5-4 7
3 Локомотив 5 1 2 2 7-8 5
4 Ат-Таъвун 5 1 2 2 6-10 5

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:55, 25.04.2017.
O'qildi: 8573 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.