Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hay’ati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hay’ati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 15 fevraldagi farmoniga binoan Madaniyat va sport ishlari vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil qilingan edi.

25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hay’atining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni qo‘mita raisi Rustam Qurbonov olib bordi. Dastlab yangi tuzilgan qo‘mita rahbariyati, hududiy boshqarmalar boshliqlari to‘planganlarga tanishtirildi.

Kun tartibidagi asosiy masala 2017 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ijrosini ta’minlashga bag‘ishlandi. Qo‘mita oldida turgan dolzarb vazifalar bajarilishi uchun nimalar qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston sportchilarining 2020 yili Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi yozgi olimpiada va paralimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishlari bilan bog‘liq masala yuzasidan O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimovning ma’ruzasi tinglandi.

Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport ob’ektlari hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish, sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish xususida Sertifikasiyalash va kompyuterlashtirish markazi direktori Shavkat Sultanov so‘zga chiqdi. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi Vahobjon Muratqobilov jamg‘arma Homiylik kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlikning borishi haqida axborot berdi.

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi keng qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar muhokama qilindi, ommaviy sport, bolalar sporti va professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanish, “Barkamol avlod” o‘yinlariga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi davomida amalga oshirilishi zarur ishlar haqida fikr almashildi. Dastlabki ikki oy mobaynidagi faoliyat tanqidiy ruhda tahlil qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘yganlar ogohlantirib o‘tildi. Kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni samarali bajarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hay’at ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni hamda Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari ishtirok etib, so‘zga chiqishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:23, 26.04.2017.
O'qildi: 5001 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.