Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Joshua — Klichko jangiga taalluqli qiziqarli ma’lumotlar

Joshua — Klichko jangiga taalluqli qiziqarli ma’lumotlar

Baho:
+2 | -

Uzreport professional boksning super-og‘ir vaznidagi sportchilari — Vladimir Klichko va Entoni Joshua o‘rtasidagi chempionlik jangini bugun — 30 aprelga o‘tar kechasi tungi 1:40 dan boshlab namoyish etadi.

Bugungi boks kechasini UzReport telekanalida Davran Fayziyev sharhlab boradi. U o‘zining Facebook sahifasida mazkur jang oldidan quyidagi faktlarni yozib qoldirdi.

Vladimir Klichko va Entoni Joshua 16 yillik farq bilan Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan. 1996 yilda Vladimir, 2012 yili o‘z uyida Entoni. Joshua Olimpiadani yutganida Klichko profringda 50 dan ortiq jang o‘tkazib bo‘lgandi. Klichko Olimpiada chempioni bo‘lganida Joshua 6 yoshda edi. Entoni Joshua — professional ringda 18 jang, 18 g‘alaba va 18 nokaut. Joshuaga qarshi chiqqan raqiblardan hech kim yettinchi raundan nariga o‘ta olmagan. Klichko boksning superog‘ir vaznida eng uzoq vaqt davomida chempion bo‘lgan bokschilardan biri hisoblanadi. Raqiblari bo‘yida farq yo‘q. Entoni qo‘llarining uzunligi bo‘yicha ustun. Bu esa Klichkoga qarshi chiqadigan bokschilarda kam uchraydigan holat. Ikki yil oldin Joshua Klichko ishtirok etgan mashg‘ulotda sparing sherik rolini o‘ynagandi. O‘shanda Vladimir yosh bokschining ulkan potensiali va kuchiga tan berib, uni og‘ir vazn kelajagi deb aytgandi. Jangni «Uembli» stadionida 86.000 muxlis tomosha qiladi. Rekordga yaqin ko‘rsatkich. Bukmekerlik kompaniyalari tarixda ikkinchi bor boks oldidan Klichkoni favorit deb e’tirof etmayapti.

"Bu «tajriba» va «yoshlik» o‘rtasidagi klassik to‘qnashuv. Tezkor Joshuada imkon dastlabki besh raundda bo‘ladi. Undan o‘tib ketsa, Klichko bir necha o‘n yil ichida yozgan boks kitoblari kutubxonasiga olib kirib, dars berib qo‘yadi" - deb yozadi Davron Fayziyev.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:39, 29.04.2017.
O'qildi: 13732 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.