Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Davron Fayziyev: «Samarqandga g‘alaba uchun kelgandik»

Davron Fayziyev: «Samarqandga g‘alaba uchun kelgandik»

Baho:
+ | -

Oliy liga 8-turidan o‘rin olgan «Dinamo» - «So‘g‘diyona» (2:2) o‘yinidan so‘ng mehmonlar ustozi Davron Fayziyev o‘z fikrlarini aytdi.

«Bahs qiziqarli bo‘ldi. «Dinamo» hammaga jiddiy qarshilik ko‘rsatyapti, chempionatning haqiqiy kashfiyoti.

«Neftchi» bilan o‘yinda tasodifan yutqazganimizni isbotlashimiz kerakk edi, o‘yinga ruhan va jismonan tayyorgarlik ko‘rgan edik. «Dinamo»ning 2 ta o‘yinini shaxsan o‘zim kuzatdim, o‘rgandim.

Bugun ochiq futbol bo‘ldi, Samarqandga g‘alaba uchun kelgandik. Afsus, ikkinchi o‘yinki 89-daqiqada muhim ochkolarni qo‘ldan boy beryapmiz.

Jizzaxdan kelgan ko‘plab muxlislarga rahmat aytaman. Bugun biz 2 ochko yo‘qotdik. Chunki golli vaziyatlar juda ko‘p bo‘ldi. To‘p yumaloq maydon tekis...

Chempionatimiz bu yil boshqacharoq o‘tyapti, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash sababli shundaymi? Bu savolingiz provakasion. Kelishilgan o‘yinlar haqida bilmayman. Bilmagan narsam haqida gapirmayman...

Boshqacharoq o‘tishiga sabab, byudjeti kam jamoalar yoshlarga katta e’tibor berayotganida. Mana, Dinamoni oling, Naumov va Bozorovdan boshqa mashhur nom yo‘q. Umuman, nomdor jamoalarning pastdaligiga, xususan, «Paxtakor»ga kelsam, bu jamoa chempionat yakunida baribir kuchli uchlikda bo‘ladi» - dedi Fayziyev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:30, 29.04.2017.
O'qildi: 3428 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик