Oliy liga 8-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912” (2:3) o‘yinidan so‘ng, mehmonlar ustozi No‘’mon Hasanov o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin chiroyli tarzda o‘tdi. Birinchi bo‘limda biz tashabbusga ega bo‘ldik. Ikkinchi taymda esa “Sho‘rtan” yaxshi o‘ynadi, vaziyatlar yaratdi. Shogirdlarimga esa yetti turdan beri mag‘lubiyatga uchramayotganliklari uchun katta rahmat aytaman. Bizning har doim qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman.
Oldimizdagi asosiy maqsadimiz chiroyli o‘yinlarimiz orqali ishqibozlarni stadionga qaytarish edi. O‘ylaymanki, maqsadimizga erishib boryapmiz. Qo‘qondagi o‘ynlarda stadionimiz muxlislar bilan liq to‘lmoqda.
Bugun raqibimiz safida Taranning yo‘qligi ham bizning foydamizga ishladi deb o‘ylayman. Chunki, Igor kuchli hujumchi sanaladi. G‘uzorliklarning ikkinchi taymda ko‘rsatgan o‘yini tahsinga sazovor. O‘zim ham futbolchilik paytimda “Sho‘rtan”da to‘p surganman. Bu jamoaga keyingi o‘yinlarda omad tilab qolaman"- dedi Hasanov.