Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

O‘zbekiston U-18 termasi Gruziya yoshlariga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston U-18 termasi Gruziya yoshlariga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Gruziya yoshlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun kecha, 1 may kuni Gruziya poytaxti Tbilisi shahriga yetib keldi.

Bugun, 2 may kuni Mochinov shogirdlari Gruziya yoshlar termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston yoshlar termasidan gollarga Xudoyorxon Sa’dullayev va Georgiy Ahmedov mualliflik qildi. Jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi 4 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari O‘zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo‘lib o‘tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Tbisili, Gruziya
2 may, seshanba

Gruziya U-18 – O‘zbekiston U-18 – 4:2

Gollar: Akaki Kimeridze (4, 45), Beka Kavtaradze (15), Mixail Ergemlidze (54) – Xudoyorxon Sa’dullayev (45), Georgiy Ahmedov  (69)

Ogohlantirishlar: Mixail Ergemlidze (54), Jaba Kasrelishvili (59),  Tamaz Babunadze (90) – Abdulaziz Yoqubov (3), Ibrohim Yo‘ldoshev (33)  

Chetlatishlar: Mixail Ergemlidze (87), Tamaz Babunadze (90) – Ibrohim Yo‘ldoshev (39)

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 23:07, 02.05.2017.
O'qildi: 3310 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик