Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Xoland «Manchester Siti» APLdan tushirib yuborilsa ham o‘zboshimchalik bilan ketolmaydi

Xoland «Manchester Siti» APLdan tushirib yuborilsa ham o‘zboshimchalik bilan ketolmaydi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland jamoa Chempionshipga tushirilgan taqdirda ham klubni bir tomonlama tark eta olmaydi. Bu haqda Diario SPORT xabar berdi.

Avvalroq OAVda Xoland «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar sabab APLdan chetlatilsa, klubni tark etishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli hujumchining shartnomasida jamoa Premyer-ligadan chiqarib yuborilgan taqdirda kelishuvni bir tomonlama bekor qilish huquqini beradigan band yo‘q.

Shu sababli Xolandning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror «Manchester Siti» rahbariyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Joriy mavsumda Xoland barcha musobaqalarda 7 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi.

26 yoshli hujumchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:49, 26.09.2026.
O'qildi: 412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик