Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Legionerlarimizda nima gap?

Legionerlarimizda nima gap?

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik legionerlarning natijalariga nazar solamiz.

«Shabab» yutishni ham biladi. BAA chempionati 24-tur o‘yinlari ort­da qoldi. O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarovning klubi - «Al-SHabab» bu safar o‘z maydonida «Al-Dofar»ga qarshi bahs olib bordi va 15-daqiqada Saad Hamis tomonidan urilgan yagona gol evaziga qozondi. Hamyurtimiz mazkur o‘yinda odatdagidek, to‘liq vaqt harakatlandi. Aytish joiz, «Al-SHabab» yanvar oyidan buyon g‘alaba nimaligini bilmayotgandi. Dubayliklar bu orada 8ta uchrashuvda biror raqibni yenga olishmadi. Xullas, oxirgi natijadan so‘ng jamoaning ochkolari soni 29taga yetdi. «Shabab» ayni payt 14ta ishtirokchi orasida 8-o‘rinda bormoqda.

Penaltilar seriyasida omadsizlik. Qatarda Amir kubogi turniri chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Xususan, «Xor»ni qabul qilgan «Al-Sayliya» klubi uchrashuvning 35-daqiqasida Temurxo‘ja Abduxoliqovninganiq zarbasievaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq mehmonlar ikkinchi bo‘lim boshida atigi 3 daqiqa ichida 2ta gol urib, vaziyatni o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Faqat asosiy vaqt tugashiga 4 daqiqa qolganida, yana Abduxoliqov «Sayliya» joniga oro bo‘ldi. Ya’ni hamyurtimiz «dubl» qayd qilish asnosida kurashni davom ettirish imkoniyatini taqdim etdi. Yakunda yarim final yo‘llanmasi taqdiriga penaltilar seriyasi aniqlik kiritdi. Ammo mezbon jamoaning 2 nafar futbolchisi 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirolmadi. Afsuski, ulardan biri - Sanjar Shoahmedov.

Finalda ham gol, ammo... O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidovning Qatar kubogi sohibiga aylanish orzusi amalga oshmadi. Uning jamoa­si - «Al-Jaish» hal qiluvchi o‘yinda tarkibida afsonaviy Xavi to‘p surayotgan «Al-Sadd»ga qarshi maydonga tushdi. 21-daqiqasida Bag‘dod Budenja hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘limning yakuniy qismida aynan Sardor o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Biroq yakunda duxayl­liklar maydonni mag‘lub holda tark etishdi, baribir. Xullas, 73-daqiqada Jugurta Hamrun tomonidan urilgan gol o‘yin taqdirini hal qildi va «Al-Sadd» Qatar kubogi sohibiga aylandi.

Salomov bor, Geynrix yo‘q. «Ordabasi» Qozog‘iston premyer-ligasi10-turi doirasida «Shaxtyor» mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq jamoa safidagi Aleksandr Geynrix asosiy tarkibga kiritilmadi. «Ordabasi» hozirda 16 ochkoga ega va turnir jadvalining 5-qatorini band etib turibdi. Qozog‘istondagi yana bir vakilimiz - Shavkat Salomov esa «Atirau»ning «Taraz» maydonidagi o‘yini (2:1)da 80 daqiqa to‘p surdi.

«Chanchun Yatay» yana ortga. Xitoy chempionati 7-turi avvalgi o‘yinda nihoyat, g‘alaba nashidasini surgan «Chanchun Yatai» uchun yana omadsiz keldi: terma jamoamiz himoyachisi Anzur Ismoilov klubi «Yanbyan Fude» maydonidan mag‘lubiyat bilan qaytdi - 0:1. Umuman, hamyurtimiz bu o‘yinda to‘liq 90 daqiqa harakatlandi. Mag‘lubiyatdan so‘ng «Chanchun Yatai» turnir jadvalida yana pastga tushdi - 14-o‘rin (4 ochko). Yegor Krimes hamon «Pekin Guoan» tarkibidan chetda. Poytaxtliklar so‘nggi tur o‘yi­nini «Lyaoning»ga 2:4 ko‘rinishida boy berishdi. Ehtimol, klub murabbiylari endi terma jamoamiz himoyachisiga ham imkon berishar... Odil Ahmedov esa 

DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:35, 03.05.2017.
O'qildi: 6740 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.