Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Hasanboy Do‘smatov: "Raqibimning xatolarini o‘rgandim"

Hasanboy Do‘smatov: "Raqibimning xatolarini o‘rgandim"

Baho:
+2 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov (-49 kg) Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatini shri-lankalik Palleha Sivankaga qarshi g‘alaba bilan boshladi.

O‘z jangini g‘alaba bilan yakunlagan Olimpiya chempioni, chorak finalda unga raqiblik qilishi kutilgan qozog‘istonlik Jomard Yerjanning nimchorakdagi jangini kuzatib bordi. Qozog‘iston vakili bahsni g‘alaba bilan yakunlagach hamyurtimiz oldindagi jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Chorak finaldagi raqib Jomard Yerjan bo‘lishini kutgandim. Uning nimchorakdagi raqibi bo‘lgan Xitoy Taypei vakili o‘rtamiyona bokschi edi. Men jangni murabbiylarim bilan birga kuzatib bordim. Uning xatolarini ko‘rdik. Endi murabbiylar bilan birga taktika ishlab chiqamiz. Maqsadim Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, keyincha Gamburgda o‘tadigan Jahon chempionatida yana bir bor Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish, – dedi Do‘smatov.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 10:46, 03.05.2017.
O'qildi: 3232 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик