Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Amirjon Safarov – «Dinamo»ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Amirjon Safarov – «Dinamo»ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Baho:
+ | -

So‘nggi 10 kun davomida klub rasmiy saytida muxlislar o‘rtasida «Dinamo» jamoasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha co‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rov yakunlaridan oldin qayd etish joiz, aprel oyida «Dinamo» Oliy Liga doirasida 4 ta o‘yinda ishtirok etdi:

5-tur (7 aprel): «Qo‘qon-1912» - «Dinamo» - 2:1

6-tur (15 aprel): «Dinamo» - «Buxoro» - 3:1

7-tur (20 aprel): «Bunyodkor» - «Dinamo» - 1:1

8-tur (29 aprel): «Dinamo» - «So‘g‘diyona» - 2:2

Ushbu bahslarda bir mag‘lubiyat, bir g‘alaba, ikki durangga erishgan «Dinamo» 8-turdan keyin 14 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

E’tiborlisi, ushbu to‘rt bahsda asosan zaxiradan maydonga tushgan bo‘lishiga qaramay, jamoa hujumchisi Amirjon Safarov 3 ta gol («Buxoro» va «So‘g‘diyona» bilan o‘yinda) va 1 ta golli pas («Qo‘qon-1912» bilan o‘yinda) amalga oshirib, yakunda muxlislar ovozlariga ko‘ra, «Dinamo» jamoasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Unga 106 ta ovoz, ya’ni umumiy ovozlarning 32.5 % foizi berilgan.

Ikkinchi o‘rindan esa Javohir Qahramonov joy oldi. Jamoaning iqtidorli yarimhimoyachisi «Buxoro» va «Bunyodkor»ga qarshi bahsda bittadan gol urib, bitta golga hammualliflik ham qildi. Unga muxlislarning 30.4%, ya’ni 99 ta ovoz berilgan.

Bu borada uchinchi o‘rindan jamoaning yagona legioneri, Radu Rogak joy olgan. 22 yoshli moldovalik himoyachiga 43 ta ovoz (13.2%) berilgan.

Shuningdek, Akmal Bozorov 35 (10.7%), Jasur Azimov 12 (3.7%), Mirkomil Lokayev 10 (3.1%), Abdujamol Isroilov 8 (2.5%), Mixail Naumov 7 (2.1%), Orif Mamajonov 6 (1.8%)larga ham ovozlar berilgan. Co‘rovnomada jami 326 ovoz ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi yakunlariga binoan, jamoa sardori Akmal Bozorov «Dinamo»ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:59, 04.05.2017.
O'qildi: 2529 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.