Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Klichko - Joshua jangi paytida ukrainalik bokschi operasiya qilindi

Klichko - Joshua jangi paytida ukrainalik bokschi operasiya qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

29 dan 30 aprelga o‘tar kechasi o‘ta og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun Vladimir Klichko hamda Entoni Joshua ringga ko‘tarilishdi.

Jahonning sobiq chempioni 41 yoshli Klichko 11-raundda texnik nokaut bilan og‘ir vazndagi IBF, IBO va WBA Super kamarlari sohibi 27 yoshli angliyalik Entoni Joshuaga mag‘lub bo‘ldi.
 
Klichko Joshuaga qarshi jangdan so‘ng kiyim almashtirish xonasida boshidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Ukrainalik bokschining chap ko‘zi ostidagi yoriqni plastika jarrohi kiyim almashtirish xonasining o‘zidayoq tikib qo‘ydi.
 
Xabarlarga ko‘ra, 3 santimetrli yarani bokschi jangning 5-raundida Joshuaning kuchli zarbasidan so‘ng orttirib olgan.
 
Avvaliga Klichkoning katmeni Jeykob Dyuran unga ringning o‘zida yordam ko‘rsatgan. Dunyoning eng kuchli mutaxassisi sportchining jarohati va yaralariga birinchi bo‘lib adrenalin bilan ishlov bergan. Keyinchalik yara ustidan muzli kompress qo‘ygan. Chunki agar Dyuran shu ishni amalga oshirmaganida Klichko jangni davom ettira olmasdi. Qiziqarlisi, Dyuran amaliyotni jang oxirigacha har bir raund to‘xtalishlarida olib bordi.
 
Jang yakuniga yetgach, yaraga ishlov berishda kosmetik jarroh qo‘shildi. Doktor Kristof Kryuss jarrohlik amaliyotini kiyim almashtirish xonasida amalga oshirdi va qoshning yorig‘iga 9 tugun tikkan.
 
“Jarohat unchalik jiddiy emas, terining ichki qismi tikilmadi. Faqatgina ip bilan tikib qo‘yish kifoya bo‘ldi”, dedi jarroh.
 
Vitaliy 2003 yil Los-Anjelesda Lennoks Lyuisga qarshi jang o‘tkazganida shifokorlarga qiyin bo‘lgandi. Chunki o‘sha vaqtda jarrohlar 3 joy – ko‘z osti, usti va labga ip tikib chiqishgan, deyiladi xabar yakunida.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 11:07, 04.05.2017.
O'qildi: 13267 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.