Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Futbolchilar nimalardan qo‘rqishadi?

Futbolchilar nimalardan qo‘rqishadi?

Baho:
+ | -

Yaqinda Mahmayusuf Berdiyevning “Orzu” kitobi nashrdan chiqqan edi.

Bizga bir narsa tinchlik bermayapti, biz tezroq ushbu kitob futbolchilarning qo‘liga tegishini hohlayapmiz. Zero, “Orzu” kitobini ikkilanmasdan futbolchilarning ruhiy malhami deyish mumkin. Kitob nafaqat futbolchilar uchun, balki murabbiylar, o‘z farzandini kelajakda buyuk futbolchi sifatida ko‘rishni istagan ota-onalar uchun ham, qolaversa boshqa soha vakillari uchun ham foydasi katta ekanligini ta’kidlagimiz keladi.

Biz kitob muallifi bilan kelishgan holda, saytimiz orqali undan qisqartirilgan parchalar berib borishga ruxsat oldik.

…Agar futbolchilardan, “Siz nimadan qo‘rqasiz?” – deb so‘rasangiz, aksariyat hollarda “hech narsadan”,-degan javobni olasiz. Bu xato, yanglish javob. Kim ham o‘zini qo‘rquv iskanjasida qolgan, undan ham ruhiy, ham jismoniy aziyat chekkan, deb hisoblardi?

Qo‘rquv tuyg‘usi ongda shunchalik chuqur joylashib, tutqich  bermas bo‘lganki, futbolchilar o‘z qo‘rquvlari oldida ojiz qolgan bo‘lsalar-da, bu to‘g‘rida o‘ziga biror marta ham hisob bermaydilar. Faqat mardona tahlilgina futbolchilarning umumiy dushmani nimadan iborat ekanligini namoyish etadi. Unga murojaat qilib, o‘z fe’lingizga diqqat bilan nazar tashlang. Yordam sifatida men sizga bir necha alomatlar haqida ma’lumot beraman. Bu har bir futbolchi uchun o‘zini, o‘zligini topishga yordam beradi.

Albatta qo‘rquvning turlari ko‘p. Kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqish, qashshoqlikdan qo‘rqish, keksalikdan qo‘rqish, o‘limdan qo‘rqish, ilon – chayonlardan qo‘rqish, sevgida omadsizlikdan qo‘rqish, odamlar oldiga chiqib gapirishdan qo‘rqish… va hokazo.

Lekin bizga eng keraklisi futbolga oid qo‘rquvlardir.

Xo‘sh, futbolchilar nimalardan QO‘RQISHADI!

Siz raqobatdan QO‘RQASIZ!

Siz jarohat olishdan QO‘RQASIZ!

Siz golli vaziyatlarni ko‘kka sovurishdan QO‘RQASIZ!

Siz mag‘lubiyatga uchrashdan QO‘RQASIZ!

Siz o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan chegarangiz (zona komfortnost)dan chiqishdan QO‘RQASIZ!

Eng asosiy siz tanqiddan QO‘RQASIZ!

Siz… qolganini o‘zingizni tahlil qilgan holda davom ettiring.

Bilasizmi, eng hayratlanarlisi va achinarlisi, siz qo‘rqayotgan barcha narsalar hayotingizda sodir bo‘ladi. Aslida voqealikka chuqurroq nazar solinsa, bu yerda hayratlanadigan yoki achinadigan hech narsa yo‘q. Hammasida qonuniylik bor.

Muvaffaqiyatga erishishimizga xalaqit beruvchi eng asosiy dushmanimizning o‘zi nima?

Bu ikkilanish, shubha – gumon va qo‘rquvdir.

Bu uchchalasi oddiy oilaning a’zolari bo‘lib, bittasini payqadingizmi, boshqa jufti ham yaqinida bo‘ladi.

Qo‘rquv ikkilanishdan o‘sib chiqadi. Shuni esslab qoling! Ikkilanish shubhalanishdan shaffof (kristal) holga kelib u aralashadi, natijada qo‘rquv yuzaga keladi.

Ba’zan mazkur jarayon juda sekin yuz beradi. Shuning uchun bu uchlik nihoyatda xavflidir. Siz uning mavjudligi haqida hech qanday shubhaga bormaganingizda u tug‘iladi va rivojlanadi.

Qo‘rquv aqlni falajlab, tasavvurni barbod qiladi, o‘z o‘ziga ishonchni o‘ldiradi, g‘ayrat – shijoatni parchalab tashlaydi, tashabbusni sovutadi, maqsadni o‘pirib yuboradi, o‘z – o‘zini nazorat qilishni man etadi. U futbolchini umidsizlik sari yo‘llab, aniq fikrlashni xiralashtiradi, xatti – harakatlarni bir nuqtaga (konsentrasiya) yig‘ishga xalaqit beradi. U qat’iyatdan mahrum qiladi, kuch – quvvatni sug‘urib oladi va omadsizlik sari tortaveradi.

Futbolchining qo‘rqqani o‘ziga nisbatan sustlik qilayotgani, ya’ni harakatsiz degani. Biz siz bilan qo‘rquv nima ekanligini anglab yetsak, qo‘rquv yo‘qoladi.

Manba: voha.uz
Kiritildi: 14:26, 04.05.2017.
O'qildi: 3897 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.