Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Ranyeri "Yuventus" finalga chiqishini taxmin qilmoqda

Ranyeri "Yuventus" finalga chiqishini taxmin qilmoqda

Baho:
+ | -

“Yuventus” va “Monako” klublarining sobiq murabbiyi Klaudio Ranyeri Yevropa Chempionlar ligasi yarim final bahsidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men ayni paytda Monakoda istiqomat qilyabman va kechqurun “Lui II” stadioniga bordim. Uchrashuv men uchun kuchli hissiyotga to‘la bo‘ldi, zeroki men har ikki jamoani boshqarganman. Hozirda ular umuman boshqa o‘yin uslubida harakat qilishadi.

“Yuventus” asosiy urg‘uni taktik bilim, qat’iyat, xatosiz o‘yin va tajribaga qaratgan holda o‘yin namoyish etmoqda, ahir ular 2015 yil finalda o‘ynashgan. “Monako”ning ustunligi yosh o‘yinchilarning o‘zini erkin his etib o‘yin sur’atini keskin o‘zgartira olishidadir.

Shanba kuni “Monako”ni o‘z maydonida “Tuluza”dan ustun kelganini tomosha qildim. Ochig‘i ular meni hayratga solishdi. “Yuventus” yarim finalda favorit bo‘lib qoladi. Agar hammasi rejadagiday bo‘lsa “Yuventus” olg‘a qadam tashlaydi va asosan tajriba evaziga buning uddasidan chiqa oladi. Musobaqaning bu bosqichida tajriba muhim ahamiyat kasb etadi. O‘ylashimcha “Yuventus” finalda o‘ynaydi” – deydi Ranyeri. 

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 15:12, 04.05.2017.
O'qildi: 3096 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик