Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Andrey Miklyayev: “Jamoamizga safar o‘yinlarida og‘ir bo‘lmoqda”

Andrey Miklyayev: “Jamoamizga safar o‘yinlarida og‘ir bo‘lmoqda”

Baho:
+ | -

Oliy liga 9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Lokomotiv” (2:2) o‘yinidan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Miklyayev o‘z fikrlarini aytdi.

 

«Bugun jangovor va qiziqarli o‘yin bo‘ldi. 90 daqiqa davomida maydonda murosasiz kurash kechganligi muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Maydondagi kurashlar soni ancha ko‘p bo‘ldi. O‘ylashimcha uchrashuvda ikki ochko yo‘qotdik. Negaki, hisobda oldinda borayotib ikkinchi bo‘lim boshida xatoga yo‘l qo‘yib darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Tanaffusdan keyin to‘pni nazorat qilish borasida ustunlikka ega bo‘la turib, gol urishni uddasidan chiqa olmadik. Yigitlarimiz iroda ko‘rsatib, yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi va oxirigacha kurashishdi deb hisoblayman. Namanganda muxlislar bilan to‘la o‘yingohda o‘ynash har qanday jamoa uchun oson bo‘lmaydi. Uch ochkoni qo‘lga kirita olmaganimizdan biroz afsuslandik. Lekin, asosiysi oldinga intilishda davom etmoqdamiz. Yaxshi o‘yin uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman. Bu yilgi chempionatimiz ancha qiziqarli tarzda kechmoqda. O‘yinlarni qanday o‘tishini oldindan aytish ancha mushkul bo‘lmoqda. Bizga qarshi uchrashuvlar aynan shunday jangovor tarzda kechmoqda. Negaki, barcha jamoalar peshqadamga qarshi bahsga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Muxlislar “Lokomotiv” ishtirokidagi uchrashuvlarni tomosha qilish uchun o‘yingohlarga kelishmoqda. Shu sababli jamoamizga safar o‘yinlarida og‘ir bo‘lmoqda. Biz bu holatga ko‘nikib bormoqdamiz va yigitlarda doim shunday bo‘lishini uqtirmoqdamiz. Bir so‘z bilan aytganda chempionatimiz saviyasi o‘smoqda. Shu o‘rinda “Navbahor” futbol klubi rahbariyatidan o‘yingoh maydonini yaxshilashga e’tibor qaratishlarini so‘rardim. Saviya va o‘yin sifatini oshirish uchun maydon holati ham shunga mos bo‘lmog‘i lozim. Shu paytga qadar ko‘rgan maydonlarimiz orasida eng yomoni aynan Namanganda ekanligini aytishim mumkin. Maydon sifatini yanada yaxshi bo‘lishini istardim. Bu orqali “Navbahor” jamoasi va Namanganda mehmon bo‘ladigan jamoaning o‘yin sifati va saviya yanada ortadi deb o‘ylayman» - dedi Miklyayev.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:49, 04.05.2017.
O'qildi: 3624 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик