«Bavariya» himoyachisi Rafinya faoliyatini APL klublaridan birida davom ettirishi mumkin.
«Angliya klublaridan taklif oldim, hozircha ularning nomini oshkor qilmay turaman. Men APL o‘yinlarini doim tomosha qilaman. Bu musobaqada yaqqol favoritlar yo‘q. 6-7 jamoa chempionlik uchun kurashadi. Shuning uchun ham APL – dunyoning eng kuchli ligalaridan biri» - dedi Rafinya FourFourTwo xabarida.