Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Buxoro» FK o‘z muxlislari bilan uchrashdi

«Buxoro» FK o‘z muxlislari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Bugun "Buxoro" jamoasi o‘z muxlislari bilan navbatdagi uchrashuvni tashkil etdi. Klub qarorgohida tashkillashtirilgan yig‘ilishda jamoa murabbiylari va futbolchilari muxlislar bilan muloqot qilishdi. Ancha pozitiv ruhda kechgan suhbat chog‘ida muxlislar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Xususan, jamoaning ikkinchi davrada yanada ijobiy natijalarga erishishi uchun bugundan ishlar olib borilmoqdami, tarkibni kuchaytirish va jamoaga yangi futbolchilarni taklif qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqdami yoki yo‘qmi degan savollarga javob olishdi.

Yuqoridagi savollarga bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoyev javob berar ekan, u quyidagicha fikr bildirdi: “Albatta ikkinchi davrada ham munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Birinchi davradagi natijalarga qarab, ikkinchi davra uchun seleksiya ishlari olib boriladi”-deb aytdi Baqoyev.

Bir soatcha davom etgan muloqot so‘ngida “Buxoro” futbolchilari va muxlislar ertaga boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final raundida ishtirok etuvchi o‘zbek bokschilariga omad tilashdi va videomurojaat yuborishdi.

Ushbu videoni MANA BU link orqali tomosha qiling

Manba: www.pfcbuxoro.com
Kiritildi: 17:18, 05.05.2017.
O'qildi: 4354 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик