Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

O‘zbekiston U-18 terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda Gruziya yoshlarini yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-18 terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda Gruziya yoshlarini yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+1 | -

Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-18 yoshlar terma jamoasi Gruziya U-18 yoshlarini ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Avvalroq xabar berilganidek, O‘zbekiston U-18 yoshlar terma jamoasi Gruziyada yig‘inda ishtirok etmoqda. Mazkur yig‘in davomida Aleksandr Mochinov jamoasi Gruziya yoshlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishlari rejalashtirilgan edi. Terma jamoalarning dastlabki uchrashuvida Gruziya U-18 terma jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ikkala terma jamoaning navbatdagi uchrashuvida esa O‘zbekiston yoshlari raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari O‘zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo‘lib o‘tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Tbisili, Gruziya
4 may.
Gruziya U-18 – O‘zbekiston U-18 – 1:4
Gollar: I. Kenjaboyev, B. Asqarov, K. Saidazimov (penalti), J. Abdusalomov.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 23:55, 05.05.2017.
O'qildi: 4619 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик