Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yil laureati bo‘lish yoqimli»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yil laureati bo‘lish yoqimli»

Baho:
+ | -

"Nasaf" - "Neftchi" bahsi yakuniga yetgach, qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqida o‘z fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Bugungi uchrashuvda yigitlarga asosan to‘pni ko‘proq nazorat qilib, raqibning bo‘sh zonalaridan ko‘proq foydalanishni aytgan edik, ular bu ko‘rsatmalarimizni to‘liq ado etishdi. Guvohi bo‘lganingizdek, bu orqali bugun biz haqli  g‘alabaga erishdik. Jamoamiz bugun ajoyib o‘yin namoyish etdi.

Dilshod Rahmatullayev endi o‘z formasini tiklab borayapti, bilasiz, u o‘tgan mavsumning oxirlarida jarohat olgan edi. U tajribali o‘yinchi, albatta keyingi o‘yinlarda u bizga to‘liq yordam bera oladi.

Yil laureati bo‘lish albatta yoqimli. Bu nafaqat mening yutug‘im, balki butun jamoaning, klubimizning yutug‘idir. Bunday sharafga bitta murabbiyning mehnati kamlik qiladi. Avvalo klubimiz rahbarlarining bizga nisbatan ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rliklari bu yutuqlarga omil bo‘layapti. Qolaversa, buning zamirida butun klubimizning katta mehnati yotibdi. Albatta, e’tirof etaman, menga ovoz bergan mamlakatimizning barcha OAVlariga, jumladan hurmatli jurnalistlarimizga kattadan–katta tashakkurlarimni bildiraman. Ularga ijodiy barkamollik tilab qolaman. “Nasaf” bundan keyin ham muxlislarga chiroyli va mazmunli o‘yinlarni  ulashishda davom etaveradi", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 08:59, 07.05.2017.
O'qildi: 5180 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик