«Milan» klubining sport direktori Massimiliano Mirabelli «Real» hujumchisi Alvaro Morataga bo‘lgan qiziqish haqidagi xabarlarni inkor qildi.
«Madridga o‘yinni tomosha qilish uchun tashrif buyurdim, Morata uchun emas. «Milan» u bilan qiziqmayapti. Transfer rejalarimiz jadvaldagi o‘rnimizga bog‘liq bo‘ladi. Mavsum yakunlanishini kutmoqdamiz» - dedi Mirabelli Mediaset Premium efirida.