Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

OCHL. «Bunyodkor» Lushchansiz ham yirik hisobda yutqazdi

OCHL. «Bunyodkor» Lushchansiz ham yirik hisobda yutqazdi

Baho:
+ | -1

Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidagi so‘nggi tur bahsi "Bunyodkor" uchun ham, "Al-Ayn" uchun ham shunchaki rasmiyatchilikka aylanib qolgandi. Boisi, Amirlik klubi muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan bo‘lsa, "qaldirg‘ochlar" guruhdagi eng so‘nggi pog‘onanini "zabt" etib bo‘lgandi. Faqat "Al-Ayn" guruh g‘olibligini qo‘lga kiritish, "Bunyodkor" esa OFK reyting jadvalida O‘zbekiston uchun ochko keltirishga harakat qilib ko‘rishi mumkin edi. Bu borada mezbonlar omadliroq chiqishdi.

Sergey Lushchansiz qolgan toshkentliklarning "Al-Ayn"ga kuchi yetmadi. Buni tan olish kerak. Jamoamiz darvoza daxlsizligini yarim soat davomida saqlab turishdi. Ammo 34-daqiqada jamoamiz maydon markazida to‘pni yo‘qotdi. Shamroniy esa bir himoyachi va darvozabonimizni muammosiz dog‘da qoldirib ketdi.

Al-Aynliklar hisobni ochib olishganidan keyin kuchni tejagan holda o‘yinni olib borishdi. Natijada "Bunyodkor" futbolchilari oldinga o‘ta boshlashdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Alisher Sanoyev juda qulay vaziyatdan darvozaga aniq zarba bera olmadi.

Uchrashuvning 77-daqiqasida biz yaxshi bilgan Umar Abdulrahmon jarimadan ajoyib to‘p kiritib, bunyodkorchilarning gol urishga bo‘lgan shashtini sindirib qo‘ygandek bo‘ldi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida esa Umarning uzatmasidan keyin Diakiy bosh bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

"Bunyodkor" yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutulib qolishi mumkin edi. Ammo To‘xtasinov 10 metrlardan aniq zarba bera olmadi.

Parallel kechgan o‘yinda Saudiyaning "Al-Ahli" klubi o‘z uyida Eronning "Zob-Ohan" jamoasini mag‘lub etdi (2:0). Natijada "S" guruhidan "Al-Ayn" va "Al-Ahli" klublari nimchorak finalga yo‘l olishdi.

OCHL-2017, «S» guruhi
«Al-Ayn» (BAA) - «Bunyodkor» (O‘zbekiston) 3:0
8 may, Al-Ayn, soat 20:40. «Hazza bin Zayd» stadioni
Gollar: Nosir ash-SHamroniy (34), Umar Abdulrahmon (77), Ibrohim Diakiy (90+1)
Al-Ayn: Xolid Iso, Kayo, Umar Abduraxmon, Xolid Abduraxmon, Muhnad Salim, Nosir Shamroniy, Li Myung-Ju, Muhammad Xalfan, Salim Juma, Said Juma, Danilo Asprilya
Bunyodkor: Murod Zuxurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Javlon Mirabdullayev, Eldor Shomurodov, Vadim Chemirtan, Donston Hamdamov, Nurillo To‘xtasinov, Davron Umirov, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:30, 08.05.2017.
O'qildi: 8263 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик