Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

O‘g‘irlik paytida qo‘lga tushgan futbolchilarni bilasizmi?

O‘g‘irlik paytida qo‘lga tushgan futbolchilarni bilasizmi?

Baho:
+ | -

Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq hujumchisi, shotlandiyalik Garri O’Konnor yana bir bor noqulay vaziyatga tushib qoldi - kiyimlar do‘konidan pidjak o‘g‘irlaganlikda ayblandi. Championat.com sayti ushbu voqea bahona shu kabi jinoyat chog‘ida qo‘lga tushgan boshqa futbolchilar haqida maqola tayyorladi.

De Xea va kulcha (ponchik), 2011 yil

Hozirda de Xea jahonning eng kuchli darvozabonlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ammo «MYU»dagi ilk mavsumida ispaniyalik kiperning manziliga tanqidlar yog‘dirilgandi. Top-klubda yaxshigina shartnomaga imzo chekkan 20 yoshli yigitchaning Manchesterdagi do‘konda kulchani paqqos tushirib, haqini to‘lamagani Angliya jamoatchiligining hayratiga sabab bo‘lgandi. David mazkur holatga aniqlik kiritarkan, inglizchani yaxshi o‘zlashtirib ulgurmagani bois sotuvchi bilan tushunmovchilik yuzaga kelganini ta’kidlagandi. Fakt shuki, futbolchini tashqariga chiqib ketayotganda ushlab qolishgan. Masala o‘sha zahoti yechimini topdi. Jazo chorasi sifatida De Xeaning ikki oy mobaynida do‘konlarga kirishi taqiqlandi. Ta’kidlash joizki, darvozabon tanovul qilgan kulchaning narxi bir yarim funt bo‘lgan.

Abdessadki va shampun,2011 yil

Turli darajadagi mehmonxonalarda tez-tez uchrab turadigan holat: to‘rtta idishdagi shampun yo‘qoldi, qavatlarning biriga o‘rnatilgan suv idishi (kuler) buzildi. Voqea Germaniyada ro‘y bergani bois, darhol muhokamaga kirishildi. Tekshiruvlar natijasida hammasiga Kyolndagi mehmonxonaga joylashgan «Frayburg» klubi a’zosi Yosin Abdessadki aybdor ekani oydinlashdi. Bino ma’muriyati darhol klubning kompensasiya to‘lashi kerakligini bildirdi. Ertasiga esa jamoa tartibbuzar futbolchi bilan shartnomani bekor qildi.

Keyta va prezident jomadoni, 2012 yil

O‘sha yili Portugaliyaning «Leyriya» klubi jiddiy moliyaviy muammolarni boshdan kechirayotgandi - to‘rt oylik maoshlar to‘lanmayotgani bois 16 nafar futbolchi navbatdagi turdan o‘rin olgan «Feyrense»ga qarshi safar bahsida maydonga tushishdan bosh tortishdi. Murabbiy yoshlar jamoasidan o‘yinchilarni jalb etdi, ammo bu ham yetarli emasdi - tarkibdan faqatgina sakkiz futbolchi chiqdi. O‘yin «Leyriya»ning 0:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi, jamoani «Atletiko»ning bo‘lajak kiperi Yan Oblak ham qutqarib qololmadi. Eng qiziq holat uchrashuv arafasida ro‘y berdi. Klub prezidenti Joau Bartolomeu olti ming yevro solingan chemodan bilan tashrif buyurgan, bahs yakunlangach, o‘yinchilar maoshining bir qismini to‘lashga va’da bergandi. Mutasaddining aytishicha, uni kuzatib yurgan yarim himoyachi Alfusseni Keyta qo‘lidan chemodanni tortib olib, stadion yaqinida avvaldan tayyorlab qo‘ygan avtomobilga o‘tirib, juftakni rostlagan. Qizig‘i, bir necha kundan so‘ng klub rasmiy saytida tushunmovchilik yuzaga kelgani, Keytaning pullarni o‘g‘irlamagani haqida bayonot paydo bo‘ldi. Bartolomeu «Leyriya»ni tark etdi, «aybdor» esa «Benfika»ga qarshi kechgan navbatdagi o‘yinda maydonga tushdi. U keyinchalik ham maoshlar to‘lanmayotganidan shikoyat qildi va mavsum oxirida baribir, klubdan ketdi.

Runi va suvenirlar, 2016 yil

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:51, 09.05.2017.
O'qildi: 6327 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.