Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Robert Levandovskining buyuklik so‘qmog‘idagi yo‘llari

Robert Levandovskining buyuklik so‘qmog‘idagi yo‘llari

Baho:
+ | -

Bolaligida u o‘z tengdoshlaridan ajralib turadigan fazilatlarga ega emasdi. Lekin futbolga oshno tutinganidan keyin barcha sho‘xliklardan voz kechdi. Natijada, dunyoning eng sara hujumchilari qatoridan joy oldi. Quyidagi hikoyamiz tinimsiz izlanishlar va mashaqqatli mehnat evaziga yuksak e’tiborga sazovor bo‘lgan Robert Levandovski haqida.

Yuqori labidagi chandiq Robertni 4 yoshidan beri «bezab» turadi - stakanda sharbat icha turib zinapoyadan yiqilib tushgan. O‘smirligida esa singan oyog‘i qiyshiqroq bitgani bois, narkoz ostida sindirib, qaytadan gips­lashga to‘g‘ri kelgan. Onasi Ivona voleybolchi, otasi Kshishtof esa dzyudochi edi. Ular navbatdagi o‘quv yili arafasida bo‘lib o‘tadigan tibbiy ko‘rik paytida tanishganlar. O‘shanda Grudzendz shaharchasidan kelgan Ivona shifokorning taklifini kutib qabulxonada o‘tirgandi.

Shu payt bir notanish yigit navbatda turganlar orasiga suqulib kirib, «Men bir daqiqaga», deya ichkariga navbatsiz kirib ketdi. Lekin amalda uning bir daqiqasi naq yarim soatga cho‘zilib ketdi. Bundan achchiqlangan Ivona yigitga qo‘llarini bigiz qilgancha o‘dag‘ayladi: «Men seni tanib qo‘ydim».

Taqdir taqozosini qarangki, bir necha oydan keyin Ivona bilan Kshishtof talabalar oqshomida yana uchrashishdi va oila qurishdi. Vaqti-soati kelib, juftlikning ilk farzandi - Milena dunyoga keldi. Tabiiyki, Ivona qizining o‘zi kabi voleybolchi bo‘lishini istardi.

Lekin 18 yoshga chiqqanida murabbiy uning yetarli darajada bo‘ydor emasligini (172 sm.) aytib, faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Yosh kelin-kuyov asosan sport bilan band ekanliklari bois, ikkinchi farzandni rejalashtirgan emasdilar. Lekin bo‘lajak qahramonimiz ortiqcha kutib o‘tirmadi.

Shu zaylda tavallud topgan Bobek (Robertning bolalikdagi nomi) yurishni o‘rganishi bilan otasidan dzyudo saboqlarini ola boshladi. Ammo mashg‘ulotlar ko‘ngildagidek samara bermagach, Kshishtof o‘g‘lini behuda qiynamaslikka qaror qildi: «Bo‘ldi, yig‘ishtir. Dzyudoda uzoqqa bora olmaysan».

Shundan keyin bolakay o‘zini yengil atletikada sinab ko‘rdi, shahar musobaqalarida g‘olib chiqishga ham ulgurdi. Lekin bo‘sh qoldi deguncha to‘p bilan mashq qilishdan charchamasdi. Jarima zarbalarini maromiga yetkazish yo‘lida bolakay o‘zining sadoqatli do‘sti - kuchugi Kokusyadan foydalanardi. Kuchuk ustunchalar o‘rtasidan joy olar, Robertning zarbalarini qo‘llari, gavdasi va boshi bilan qaytarardi.

Bundan tashqari, bolakay kuchugi bilan o‘ziga xos poygachalar uyushtirib, singan oyog‘ining jarohati qay darajada tuzalganini nazorat qilardi. O‘rmondan uygacha bo‘lgan masofani avvaliga Kokusya birinchi bo‘lib bosib o‘tardi. Nihoyat, marraga Robert avvalroq yetib kelgach, oyog‘i tuzalganiga amin bo‘ldi.

Levandovskilar oilasi Leshnoda istiqomat qilishar, Robert u yerdan 1,5 soatlik uzoqlikda bo‘lgan Varshavada mashq qilardi. Bolakayni ilk marta ko‘rgan «Varsoviya» klubi murabbiyi Marek Siveski hayratini yashira olmagandi: «Voy-bo‘, namuncha kichkina bu bola?!». Biroq Kshishtof ham bo‘sh kelmadi: «Kichkinaligining nima ahamiyati bor? Qarang, to‘pni qanday o‘ynatyapti. Naq xazinaning o‘zi!». Xullas, Robertni o‘zidan ikki yosh kattaroq bolalar guruhiga qabul qilishdi. Chunki undan kichikroq yoshdagi guruh yo‘q edi.

To‘g‘ri, u noyob iqtidori bilan maqtana olmasdi. Lekin intizom bobida yaqqol yetakchi bo‘lganiga shubha yo‘q. «Bolalar orasida qobiliyatlilari ko‘p. Lekin uning aksariyati arzimas bahonalar bilan mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishadi. Lekin Bobek dunyoning narigi chetida turgan bo‘lsa ham albatta yetib keladi!» - deb yozgandi Siveski Levandovskiga bag‘ishlangan «Mukammallikka chanqoq» nomli kitobida.

Robert 16 yoshga chiqqanida bir amallab «Delta» jamoasidan joy oldi. Jamoani Polshaning o‘sha payt­dagi chempioni - «Legiya» o‘z otalig‘iga olgandi. «Delta»dagi mashg‘ulotlardan tashqari, Robert maktabda ham mashq qilardi va uyga kech qaytardi. Shunday oqshomlarning birida u otasining dunyodan ko‘z yumganligi ustidan chiqdi. «Yurak xastaligi va gipertoniya oxir-oqibat Kshishtofni saraton kasalligiga mubtalo qildi.

Afsuski, u jarrohlik operasiyasidan juda qo‘rqardi va muo­laja olishga rozi bo‘lmasdi. Operasiya haqida eshitsa, qon bosimi ko‘tarilib ketardi. Ahvoli og‘irlashgach, rozilik berdi. Lekin operasiyadan ikki kun o‘tgach, vafot etdi. Musibatni yengish uchun Robert mashg‘ulotlarga zo‘r berdi, uyga faqat uxlash uchun kelardi. O‘smirlarga xos o‘yin-kulgularni u allaqachon bir chetga surib qo‘ygandi», - degandi Ivona Levandovskining biograflaridan biri bo‘lgan Voysex Javolaga.

Bolaligida dzyudo bilan shug‘ullangani keyinchalik Robertga juda qo‘l keldi. Jumladan, o‘ziga chinakam do‘stlarni topishda va ba’zan bezorilardan o‘zini muhofaza qilishda aynan baquvvat bilaklari ish berdi.  

«Bir safar do‘stim Lukash Kuklevich bilan o‘rmonda sayr qilib yurgandik. Kutilmaganda bezorilar yo‘limizni to‘sishdi. Ulardan biri pichoq bilan qurollangan edi. Men aynan unga tashlanib, qo‘llarini qa­yirdim. Pichoq yerga tushib ketdi. Buni ko‘rgan bezorilar tumtaraqay qochib ketishdi», - deya eslaydi hujumchi.

«Delta»dagi ishonchli o‘yinlari evaziga 4ta gol urgan Levandovski «Legiya»ning o‘rinbosalari safiga o‘tdi. Lekin endigina o‘z hisobiga 2ta golni yozib qo‘ygan hujumchi «Dolsan» bilan bo‘lgan bahsda belidan jiddiy jarohat oldi va bir necha haftani futbolsiz o‘tkazdi. Mashg‘ulotlarga qaytganidan keyin esa risoladagidek yugura olmasligi ma’lum bo‘ldi. «Legiya» u bilan tuzilgan shart­nomani bekor qildi. Shu tariqa 

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:10, 09.05.2017.
O'qildi: 4987 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.