Madridning «Real» klubi hujumchi Endrikning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Lion»da o‘tkazayotgan braziliyalik iqtidor egasi yana «qirollik klubi» tarkibiga qaytadi.
Globo nashri xabariga ko‘ra, Endrik 17 may, yakshanba kuni Fransiya jamoasi bilan xayrlashadi va Madridga yo‘l oladi. Klub rahbariyati futbolchini bu borada rasman xabardor qilgan.
Hujumchining o‘zi oldinda turgan Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida «qaymoqranglilar»ning mashg‘ulot bazasidan foydalanish uchun ruxsat so‘ragan. Rejaga ko‘ra, Endrik 18 may kuni oilasi bilan Ispaniyaga yetib keladi va 20 maydan boshlab «Real» bazasida mashg‘ulotlarni tiklaydi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Endrik «Real» va «Lion» safida barcha turnirlarda jami 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.













