Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso «Real»dagi faoliyatidan afsusda: «Boshqa bunday xatoga yo‘l qo‘ymayman»

Xabi Alonso «Real»dagi faoliyatidan afsusda: «Boshqa bunday xatoga yo‘l qo‘ymayman»

Baho:
+2 | -

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso «qirollik klubi»dagi qisqa faoliyatidan ko‘ngli qolganini yashirib o‘tirmadi.

Cadena SER nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis o‘z yaqinlari bilan suhbatda o‘tgan yili Madrid klubini boshqarishga rozi bo‘lib, katta xatoga yo‘l qo‘yganini tan olgan. Alonso o‘z murabbiylik faoliyati davomida boshqa hech qachon bunday xatoga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso «Real»ni 2025 yilning yozidan 2026 yilning yanvariga qadar boshqardi. Ushbu tayinlovgacha mutaxassis uch mavsum davomida Leverkuzenning «Bayer» klubida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan edi. U Germaniya klubi bilan Bundesliga, Germaniya kubogi va mamlakat Superkubogida g‘olib chiqqan.

Shuningdek, Xabi Alonso 2024 yil yakunlariga ko‘ra Germaniyada «Yilning eng yaxshi murabbiyi» deb topilgan edi.

Kiritildi: 19:22, 13.05.2026.
O'qildi: 6140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик