Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ajabo! Maradona vatandoshi Messining FIFA tomonidan kechirilishini tanqid qildi

Ajabo! Maradona vatandoshi Messining FIFA tomonidan kechirilishini tanqid qildi

Baho:
+-1 | -

Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diyego Maradona Messi va FIFA o‘rtasidagi vaziyatga izoh berdi.

Maradonaning fikricha, FIFA Messini kechirib, keragidan ko‘p yumshoqlik qilgan. Aslida esa hujumchi kichikroq bo‘lsa-da jazoga loyiq edi.

Men Messiga yordam berishga harakat qildim. Biroq FIFAning so‘nggi qarorida hech qanday rol o‘ynamadim. Chetlatilgan o‘yinlar soni 4 ta edi va FIFA birdan uchtasidan kechib yubordi.

Tashkilot qarori biroz nohaqlikdek. Chunki Leo kichik bo‘lsa-da jazoga loyiq edi. Men buni qo‘llarimni ko‘ksimga qo‘yib aytmoqdaman. Men Messiga bir yildan ko‘proq vaqt davomida ustozlik qildim. U menga futbolchidan ko‘ra ko‘proq yumshoq va momiq bolakayni eslatardi.

Ma’lumot uchun, JCH—2018 saralashidan o‘rin olgan Chiliga qarshi uchrashuvdan keyin FIFA Messini 4 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilgandi. Orada futbolchi Boliviyaga qarshi uchrashuvni qo‘yib yubordi va o‘sha bellashuvda argentinaliklar 0:2 hisobida yengildi.

O‘tgan haftada esa FIFA Messini kechirishga qaror qildi va Argentinaning yaqin oradagi o‘yinida ishtirok etishga izn berdi. Boisi vaziyat yuzasidan Argentina futbol federasiyasi apellyasiya bergan, Messi esa ayblangani kabi hakamni haqorat qilmagani haqida aytib o‘tgandi. Keyinroq braziyalik hakamlar ham Messi ularni haqorat qilmaganiga iqror bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi JCH—2018 saralashida 5-o‘rinni egallab turibdi. Bu esa Rossiya mundiali uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani bermaydi.

Argentinaliklarni oldinda Urugvay va Ekvadorga qarshi safar, Venesuela hamda Peruga qarshi uy uchrashuvlari kutib turibdi.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:58, 09.05.2017.
O'qildi: 10806 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.