Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Nega «Yuventus» Chempionlar ligasidagi g‘alabaga muhtoj ?

Nega «Yuventus» Chempionlar ligasidagi g‘alabaga muhtoj ?

Baho:
+2 | -

«Yuventus» Yevropaning grand klublaridan biri hisoblanadi.

A Seriyada yoki Italiya Kubogi doirasida birorta jamoa “keksa sinyora”ga teng kela olmaydi. Bu mavsumda esa turinliklar Skudettoni ketma-ket 6 marta yutgan jamoaga aylanishi tobora oydinlashib bormoqda.

“Byankoneri”lar milliy birinchilikda butunlay daxlsiz bo‘lib kelishmoqda. A Seriyani qozonish bu jamoa uchun odatiy holga aylanib bo‘ldi. O‘z hukmronligini davomiyligini saqlashda esa klub rahbariyatining ajoyib transferlari ham sabab bo‘lmoqda. Ushbu mavsum boshida Miralim Pyanich (“Roma”) va Gonsalo Iguain (“Napoli”)larning transferi buning yaqqol isbotidir. Yangi qo‘shilgan futbolchilar jamoaning o‘yinini sezilarli tarzda kuchaytirishdi.

“Yuventus” nafaqat “iste’molchi” vazifasida faol, balki yulduzlarni yetishtirishda ham yaxshi namuna bo‘la oladi. So‘nggi olti mavsumda Pol Pogba, Arturo Vidal, Alvaro Moratalar o‘rtacha saviyada qo‘shilib, jamoa safini yulduz maqomida tark etishdi. Yangi yulduz Paulo Dibala esa bir qancha grand jamoalarning diqqat markazida turibdi.

Jamoa tarkibini Pogba va Vidal singari bir qancha yetakchi a’zolari tark etganiga qaramay, jamoa o‘z oldiga yuqori marralarni qo‘ygan. Biroq, Leonardo Bonuchchi saqlab qolindi. Paulo Dibala ham yaqindagina yangi shartnoma imzoladi. Bonuchchining klubda saqlab qolinishi eng muhimi bo‘ldi. Aynan u turinliklar himoya chizig‘ining muhim bo‘lagi hisoblanadi.

Yevropaning juda oz jamoalarida 30 yoshdan oshgan futbolchilar faoliyat suradi. “Yuventus”da esa Lilian Tyuramdan Pirlogacha, Evradan tortib Alveshgacha bo‘lgan bir qancha futbolchilarni sanay olamiz. Bonuchchining sheriklari Kellini va Barzalyilar ham 30 yoshdan oshgan. Deyarli 40 yoshli darvozabon Buffon esa tirik afsonaga aylanib ulgurdi.

«Yuventus» himoyasi Chempionlar Ligasida 2 gol o‘tkazgan holda butun davrlarning eng mustahkam himoyasiga aylangan. Himoya chizig‘i bilan birgalikda jamoa hujumni ham kuchaytirishdi. Iguaining 90 million yevroga olib kelinishi klubning maqsadlaridan darak beradi.

O‘tgan haftada «Monako» darvozasiga aynan uning kiritgan dubli jamoasining finalga chiqishi uchun ajoyib imkoniyat yaratib berdi. Argentinalik futbolchi 10 uchrashuvda 5 gol kiritib Chempionlar Ligasidagi statistikasini yaxshilab oldi. Bugun esa Iguain ushbu ko‘rsatkichini yanada yaxshilab olishi mumkin. Turinliklar 21 yildan beri yuta olmay kelayotgan sovrin uchun muhim qadamni tashladi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 22:47, 09.05.2017.
O'qildi: 8022 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.