Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Terma jamoalar markazi faoliyati nega to‘xtatildi?

Terma jamoalar markazi faoliyati nega to‘xtatildi?

Baho:
+1 | -

Terma jamoalar markazining faoliyati to‘xtatilishi, shubhasiz, o‘tgan haftaning eng diqqatga molik voqeasiga aylandi. Endi bunday tashkilot yo‘q. Xo‘sh, o‘tgan 8 yillik muddatda TJM bizga nima berdi? Keling, vaziyatga xolis yondashib, tarozu posangisini teng ushlashga harakat qilamiz. Axir shu davr mobaynida ko‘plab tanqidlarga uchragan Markazning ibratga molik ishlari ham bordir?! Har holda, «Bir yomonning bir yaxshisi ham bo‘ladi», deb bejiz aytishmagan-ku. TJM qaysi vazifani yuqori saviyada uddaladi-yu, qaysi jabhada oqsadi? Ijobiy va salbiy holatlar o‘rtasidagi tafovut qanday? Quyidagi tahliliy fikrlar aynan shu mavzuga bag‘ishlanadi.

MARKAZ

O‘zbekiston futbol federasiyasi boshqaruviga Mirabror Usmonov kelgach, bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Mana shulardan biri turli yoshdagi terma jamoalar tayyorgarligini optimallashtirish maqsadida 2009 yilda Terma jamoalar markazi tashkil etilgani bo‘ldi. Keyinchalik mazkur tashkilot mustaqil tarzda ish yuritishi uchun unga alohida bino ajratildi - butun boshli «Jar» stadioni TJM ixtiyoriga o‘tdi. Markaz zimmasiga termalar uchun yig‘inlar tashkil etish, jamoalarning rasmiy musobaqalardagi ishtirokini ta’minlash, murabbiylar tayinlash va shunga o‘xshash bevosita futbol bilan bog‘liq masalalar yuklatildi.

O‘z navbatida, TJM O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlariga chipta savdosini tashkil etishi ham lozim edi.

IJOBIY ISHLAR

Tan olish lozim, Terma jamoalar markazi tashkil etilgach, avvaliga o‘smirlar va yoshlar futbolida kutilgan samara ko‘zga tashlandi. Har ikki toifadagi termalarimiz uch marta mundialda ishtirok etishdi. Umuman olganda, Aleksey Yevstafeev, Ahmad Musayev va Dilshod Nuraliyev boshqaruvidagi jamoalar avvaldan «Paxtakor» futbol maktabi bazasida shakllanib kelayotgan va shu vajdan TJM vakolatiga o‘tmagan taqdirda ham yuqori natijalarga erishgan bo‘lardi. Ammo fakt shundaki, ularning g‘alabalari aynan Terma jamoalar markazi tashkil etilgandan so‘ng qo‘lga kiritildi. Shunday ekan, istaymizmi yoki yo‘q, bunda Markazning ham o‘rni bor.

Dilshod Nuraliyev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining 2011 yili Eronda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida eng yuqori o‘rinni egallaganini esa alohida ta’kidlash lozim. Bu natija O‘zbekiston o‘smirlar futboli tarixida yagonaligini saqlab turibdi.

XORIJDAGI YIG‘INLAR

Bu muvaffaqiyatlarda xorijda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining o‘rni katta ekani shubhasiz. Yodingizda bo‘lsa, bundan 5-6 yil muqaddam milliy terma jamoa futbolchilari intervyularda bir gapni ko‘p takrorlashardi: «Avvallari hatto yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ham Toshkentdan tashqariga chiqa olmas edik. Endi nafaqat kattalar, balki o‘smirlar va yoshlar ham Turkiya yoki Birlashgan Arab Amirliklariga borib kelishmoqda», - de-yishardi.

Ha, Terma jamoalar markazi qo-yillatgan ish haqida gapirganda, aynan xorijdagi yig‘inlarni ko‘rsatish lozim. O‘zbekiston milliy termasi 2011 yilgi Osiyo kubogida yarim finalga qadar yetib borgan va bu hozircha eng yaxshi natija bo‘lib turibdi. O‘sha jamoa namoyish etgan o‘yin taassurotlari esa hozirgacha muxlislar qalbidan o‘chgani yo‘q. Terma jamoa sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov bu uslubni shakllantirish uchun bir necha oy davomida Turkiya, BAA va hattoki, Afrikada yig‘in tashkil etganini ko‘pchilik yoddan chiqarib ulgurgan bo‘lsa kerak. Terma o‘yinida aynan mana shu yig‘inlarning ahamiyati katta bo‘lgandi.

Biroq afsuski, xorijdagi mashg‘ulotlardan kelgan eng katta foyda ham shu bilan cheklandi. Milliy terma jamoaning arzimagan sabab bilan ham chetga chiqib ketaverishi esa boshqa tomondan zarar keltirdi - muxlislar Toshkentda birorta ta-yinli o‘rtoqlik o‘yini ko‘ra olmadilar...

O‘RTOQLIK UCHRASHUVLARI

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:00, 10.05.2017.
O'qildi: 11694 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.