Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

O‘zbekiston chempioni «Lokomotiv» iqtisodiy qiyinchilikda qolgan klubdan mag‘lub bo‘lgani aytildi

O‘zbekiston chempioni «Lokomotiv» iqtisodiy qiyinchilikda qolgan klubdan mag‘lub bo‘lgani aytildi

Baho:
+ | -

Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida «Al-Ahli» mehmoni bo‘lib, 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va xalqaro maydon bilan xayrlashdi.

Uchrashuvdan keyin BAAda faoliyat olib boradigan o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev «Lokomotiv» aslida qanday klubga imkoniyatni boy bergani borasida fikr bildirdi.

Nikimbayevning Twitter sahifasida qayd etishicha, BAA chempionatida mavsum yakuniga yetay deb qoldi. Bu esa futbolchilarda charchoq alomatlarini ko‘rsatishi mumkin.

Klub mamlakat chempionligini qo‘lga kirita olmay, 3-o‘rinda yurgani uchun ham ichki muhit u qadar yaxshi emas, aniqrog‘i, tushkunlik holati hukmron.

Shuningdek, «Al-Ahli» rahbariyatining futbolchilar oldida qarzdorligi mavjud. Bu qarzdorlik o‘tgan yilgi mavsumdan buyon davom etib kelmoqda. Shunga qaramay, O‘zbekistonning bugungi kundagi eng yaxshi jamoasi «Al-Ahli»dan yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi.

Ma’lumot uchun, tomonlarning Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinida «temiryo‘lchilar» 2:0 hisobida zafar quchgandi. Ammo qo‘lga kiritilgan jami 5 ochko navbatdagi bosqich uchun kamlik qildi va «Lokomotiv» guruh bosqichini so‘nggi o‘rinda yakunladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:23, 10.05.2017.
O'qildi: 5607 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик