Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

YECHL: Faktlar, ko‘rsatkichlar statistikalar

YECHL: Faktlar, ko‘rsatkichlar statistikalar

Baho:
+-1 | -

«Monako» - «Yuventus»

*** «Monako» yarim finalning ilk o‘yinida «Yuventus» darvozasini ishg‘ol qilolmadi. Bunga asosan turinliklar kiperi Janluiji Buffon «aybdor»dir. Xullas, monegaskliklar o‘z maydonlaridagi uchrashuvda 2015 yilning noyabridan buyon ilk marta gol quvonchini tuyishmadi. Jamoa o‘shanda YEL doirasidagi bahsda «Anderlext»ga 0:2 hisobida yutqazgandi.

***  «Yuventus» joriy CHLda ketma-ket 6-o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (5tasi «pley-off» raundida). Turin klubi turnirda oxirgi marta guruh bosqichi 5-turida «Sevilya» bilan bo‘lgan o‘yin (3:1)da gol qo‘yib yuborgandi. Demak, «Yuve»ning CHLdagi «quruq» seriyasi 621 daqiqaga yetdi. Shu 6ta o‘yinning atigi 1tasida jamoa darvozasini zaxira kiperi Neto, qolganlarida esa Janluiji Buffon qo‘riqladi. Umuman, Turin klubi CHL «pley-off» raundlarida ketma-ket 5ta o‘yinda gol qo‘yib yubormagan 3-jamoa bo‘ldi. Bungacha «Milan» (mavsum-2004|2005) va «Arsenal» (mavsum-2005|2006) shunday natijaga erishgandi. Londonliklar hattoki, 6-o‘yinda ham «quruq» seriyani davom ettirib, bu borada rekord o‘rnatishgan. Qiziqi, «Milan» ham, «Arsenal» ham o‘sha mavsumlar finalga chiqqan, biroq har ikkisi hal qiluvchi o‘yinni boy bergan.

*** «Yuventus» himoyachisi Dani Alvesh joriy CHLda golli vaziyatlar yaratish bo‘yicha peshqadam bo‘lib oldi. «Monako»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng braziliyalik futbolchi yuzaga keltirgan vaziyatlar soni 27taga yetdi. «Yuve»ning Monakoda urgan har ikki goliga aynan Alvesh hammualliflik qilganini ham alohida ta’kidlash o‘rinli.

*** «Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguain «dubl»ga erishib, jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. E’tiborlisi, Argentina terma jamoasi vakili 2013 yildan buyon turnirning «pley-off» bosqichida gol urmayotgandi. Qolaversa, u mehmondagi «hayot-mamot» janglarida ilk gollarini nishonladi.

*** O‘yin qahramonlaridan biri - Janluiji Buffon CHLda 100-o‘yinini nishonladi. 39 yoshli kiper shu tariqa «Yuventus»ning bu marraga yetgan birinchi futbolchisi bo‘ldi. Eslatma, CHLda bitta klub tarkibida ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha mutlaq rekord «Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Xaviga tegishli - 151ta. Umumiy o‘yinlar hisobi bo‘yicha esa «Real»ning sobiq kiperi, ayni payt «Portu» sharafini himoya qilayotgan Iker Kasilyas yetakchidir - 164ta.

«Real» - «Atletiko»

*** «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu CHLdagi «xet-trik»lar soni bo‘yicha Lionel Messiga yetib oldi. Endi har ikki futbolchi hisobida 7tadan «xet-trik» bor. Ronaldu shuningdek, «Madrid derbisi» tarixida 20ta gol marrasidan o‘tgan ilk futbolchiga aylandi (21ta gol).

*** Krishtianu Ronalduning «Real» uchun urgan gollari soni 400taga yetdi. Eslatma, 32 yoshli portugaliyalik «Qirollik klubi» tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi.

*** Bungacha hech bir futbolchiga LCH «pley-off» raundlarida ketma-ket 2ta o‘yinda «xet-trik» qayd etish nasib etgan emasdi. Xullas, Krishtianu Ronaldu bu borada ham birinchi bo‘ldi. U 1|4 finalning javob bahsida «Bavariya»ni ham 3ta gol bilan «siylagandi».

*** Krishtianu Ronaldu CHL «pley-off» raundlarida 50ta gol marrasiga yetgan birinchi futbolchiga aylandi. E’tiborlisi, portugaliyalik futbolchi turnirdagi umumiy gollari soni bo‘yicha (103ta) butun «Atletiko»dan ham oldinda. Ya’ni bu klub CHLdagi ishtiroki davomida 100ta gol urgan, xolos.

*** Krishtianu Ronaldu

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 15:26, 10.05.2017.
O'qildi: 6356 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.