Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Navbahor» tarbiyalanuvchilari xotira turnirida sovrindor bo‘ldi

«Navbahor» tarbiyalanuvchilari xotira turnirida sovrindor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Buxoro shahrida 1979 yili “Paxtakor” jamoasi safida aviahalokatga uchragan Ravil Agishev va Vladimir Sobirovning xotirasiga bag‘ishlab respublika turniri o‘tkazildi.

9 may Xotira va Qadrlash kuni arafasida ko‘hna shaharda tashkil etilgan musobaqa yakuniga yetdi. Ikki yosh toifasida o‘tkazilgan turnirda ikkita jamoa bilan ishtirok etgan «Navbahor» tarbiyalanuvchilari Namanganga g‘olib va sovrindor sifatida qaytishdi.

2001 yilda tug‘ilgan o‘smirlar finalda Buxoro terma jamoasi vakillarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, turnir g‘olibligini qo‘lga kiritishdi. Ushbu yosh toifasidagi futbolchilarimiz guruh bosqida peshqadam bo‘lgach, yarimfinalda samarqandlik tengqurlaridan ustun kelgandi - 2:0. Musobaqa yakuniga ko‘ra to‘purarlik mahoratini namoyish etgan Boburshoh Sobirov eng yaxshi hujumchi nominasiyasi g‘olibi sifatida e’tirof etildi.

2004 yilda tug‘ilgan futbolchilar uchinchi o‘rin bilan cheklanishdi. Bu yosh toifasidagi tarbiyalanuvchilar ham guruh bosqichini ikkita g‘alaba bilan yakunladi. Yarimfinalda o‘smirlar buxoroliklar bilan bahs olib bordi. Mezbon jamoa bilan o‘tgan uchrashuvda namanganliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Turnir nizomiga ko‘ra yarimfinalda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham sovrindor sifatida e’tirof etildi.

 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:25, 10.05.2017.
O'qildi: 2889 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик