Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

AIBA prezidenti: "O‘zbekiston boks bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligini istasa, uning arizasini birinchilardan bo‘lib ko‘rib chiqamiz"

AIBA prezidenti: "O‘zbekiston boks bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligini istasa, uning arizasini birinchilardan bo‘lib ko‘rib chiqamiz"

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Toshkent mezbonlik qilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga Butunjahon boks uyushmasi prezidenti doktor Ching Kuo Vu ham tashrif buyurdi. O‘zbekiston terma jamoasining katta ustunligida o‘tgan qit’a chempionatidan keyin doktor Vu UzReport telekanali sharhlovchisi Davron Fayziyevga eksklyuziv intervyu berdi.

«Ma’lumki, Uzbek Tigers jamoasi ishtirok etayotgan WSB turniri boks muxlislarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekistonliklar unda o‘tgan yildan buyon ishtirok etishni boshlab, ilk urinishda yarim finalga qadar yetib bordi. Bu safar esa Uzbek Tigers chorak finalda turibdi. Aslida esa WSB g‘oyasi 2010 yildayoq ishlab chiqilgandi.

Jahon boks seriyasi g‘oyasini 2010 yilda ilgari surgandim. Boks yakkakurashdan iborat. Bizni qiziqtirgan holat esa uni jamoaviy ko‘rinishda ham sinab ko‘rish edi. Bunday tajriba hali boksda qo‘llanilmagandi.

Meni xursand qilgan tomoni shundaki, ko‘plab federasiyalar bu g‘oyani katta qiziqish bilan qabul qildi. Turnir birinchi mavsumidayoq juda yuqori saviyada tashkil etildi.

Hozir jamoalar asosiy kuchni chorak final va yarim finalga yig‘ib kelyapti. Jamoaviy taktika bir necha oylarga mo‘ljallab tuzib chiqilyapti. Bu esa turnir asoschisi sifatida meni xursand qiladi.

Musobaqa hali rivojlanadi va ishtirokchilar soni albatta oshadi. Chunki WSB bokschilarni professional ringga tayyorlaydi. Ularning jismoniy holatini kuchaytiradi. Sizga bir misol aytaman, Rio Olimpiadasida oltin olgan 10 ta sportchidan 7 tasi aynan WSB ishtirokchisi hisoblanadi» - dedi Ching Kuo Vu, AIBA prezidenti.

O‘zbekiston boksi uchun 2016 yil juda omadli keldi. Mamlakat sportchilari Olimpiadada eng yuqori natijasini qayd etdi, Toshkent WSB finaliga mezbonlik qildi, O‘BF prezidenti Sherzod Tashmatov Osiyo boks konfederasiyasi vise-prezidenti va AIBA ijroqo‘mi a’zosi bo‘ldi, Xasanboy Dusmatov esa yil bokschisi sifatida tan olindi.

«O‘zbekiston boksidagi bu yutuqlar juda katta harakatlar natijasidir. Men yaxshi bilamanki, sizlarda sportga hukumat darajasida e’tibor qaratiladi. Bu esa eng asosiysi. Davlat rahbarlarining qo‘llab-quvvatlashi jamoani har tomonlama ruhlantiradi.

Muvaffaqiyatning yana bir siri — boks federasiyasining oxirgi yillardagi faolligi. Sherzod Tashmatov menda iliq taassurot uyg‘otgan. Uning bu yo‘ldagi mehnatini jahon boksida hamma ko‘rib turibti. O‘zbekiston boksida norasmiy shiorga aylangan «barcha narsada eng yaxshisiga intilish» — yaxshi jihat. Natijada qisqa fursat ichida yurtingizda Osiyo chempionati, WSB kabi turnirlar, AIBA tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi.

Eng muhimi, federasiya bu bilan to‘xtab qolayotgani yo‘q. AIBA buni qadrlaydi va O‘zbekistonni o‘zining eng yaqin hamkorlaridan biri deb biladi» - dedi Ching Kuo Vu, AIBA prezidenti.

Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli o‘tkaza olgan O‘zbekiston boks bo‘yicha Jahon chempionatiga ham da’vogarlik qilishi ham mumkinmi, deb so‘radi intervyu davomida Davron Fayziyev.

«AIBA mundial mezbonini tanlashda katta turnirlar tajribasiga ega bo‘lgan mamlakatlarga e’tibor qiladi. Chunki bu AIBAning eng muhim musobaqasi. Jahon chempionatini o‘tkazish niyatini odatda ko‘plab federasiyalar bildiradi va biz ularning eng munosiblarinigina ko‘rib chiqamiz.

Keyingi mundiallardan birini qabul qilish uchun O‘zbekiston yetakchi da’vogarlardan biri. Agar federasiyangiz bizga shunday taklif bilan chiqsa, biz uni birinchilar qatorida ko‘rib chiqamiz. Chunki hozir o‘zaro ishonchimiz yuqori darajada» - dedi Ching Kuo Vu, AIBA prezidenti.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:25, 10.05.2017.
O'qildi: 8375 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.