Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Maestro», «Uzatmalar qiroli» yohud Pirlo haqida

«Maestro», «Uzatmalar qiroli» yohud Pirlo haqida

Baho:
+ | -

Andrea Pirlo. Zamonaviy futboldagi eng kuchli markaziy yarim himoyachilar ro‘yxatining oldingi qatorlaridan joy olgan italyan faxriysi ayni payt «Nyu-York Siti» sharafini himoya qilish asnosida sermahsul faoliyatiga xotima yasashga hozirlanmoqda.

L~Equipe (Fransiya) haftanomasi jurnalistlari haqli ravishda «Maestro», «Uzatmalar qiroli» kabi ta’riflarga loyiq ko‘rilgan jahon chempioni bilan suhbatlashish ilinjida uning ortidan AQSHga borishdi. Andrea esa shu intervyu bahonasida xayolan yevrofutbolga qaytib, faoliyat yo‘li, jumladan, o‘zi uchun futboldagi eng baxtli va noxush kunni esladi. Shuningdek, u «PSJ» vakili Marko Verrattining kelajagiga yuksak baho berdi.

Ikki gol oralig‘i...

- Hozir butun yevrofutbol Chempionlar Ligasi bilan yashamoqda. Turnirning 2015 yilgi finali yakunini ko‘pchilik yaxshi eslab qolgan bo‘lsa, ajabmas. O‘shanda klubingiz - «Yuventus» bosh sovrin taqdirini hal qiluvchi bahsda «Barselona» oldida ojiz qolgan (1:3 hisobida) va siz maydonda ko‘z yoshi to‘kkan edingiz...

- Bu birinchi ko‘z yoshlarim emasdi. Ya’ni 2005 yili «Milan» safida «Liverpul»ga yutqazganimizda ham (asosiy vaqtda 3:3 hisobi qayd etilgan va penaltilar seriyasida italyanlardan omad yuz o‘girgan - 2:3), beixtiyor yig‘lab yuborgandim. Umuman, o‘sha kun men uchun professional faoliyatim davomidagi eng noxushi sanaladi.

Esimda, jamoamiz kiyinish xonasida shunchalik sukunat yuzaga kelgandiki, yana ko‘z yoshlari oqib tushavergan... Xuddiki, hammasi tushda sodir bo‘lgandek, axir voqealar reallikka mutlaqo zid holda rivojlangandi. O‘zingiz o‘ylang, final o‘yinining birinchi bo‘limida 3:0 hisobida oldinga chiqib olib, yakunda yutqazish mumkinmi? Bunaqasini istagan taqdiringda ham takrorlay olmaysan! Hozirgacha o‘ylab-o‘ylab, o‘sha o‘yinni qanday boy berganimiz tagiga yetolmayman... Bunday qismatni hattoki, dushmanimga ham ravo ko‘rmayman.

- JCH-2006 yarim finali va finalidan keyin esa hamma boshqacha ko‘z yosh to‘kishingizga guvoh bo‘lgan - baxtiyorlik hosilasi. Germaniya termasiga qarshi kechgan yarim final bahsining 119-daqiqasida Fabio Grossoga shunday qoyilmaqom to‘p uzatgansizki, uning oldida hisobni ochishdan boshqa chora qolmagandi, go‘yo...

- Ha, bunisi endi faoliyatimdagi eng baxtli lahzalar bo‘lsa kerak. Fantastika, ta’riflashga til ojiz. O‘shanda 2ta golimiz oralig‘ida butun bir davr o‘tib ketgandek tuyulgandi, vaholanki, atigi 1 yoki 2 daqiqada barchasiga nuqta qo‘ygandik  (Italiya terma jamoasining ikkinchi goli 120}1-daqiqada Alessandro Del Pyero hisobiga yozilgandi). Buni ham tushuntirib berish imkonsizdir. Boz ustiga, nemislar bilan Dortmundda o‘ynagandik va ularning bu shaharda biror marta mag‘lubiyatga uchramaganlarini ham bilardik. Final o‘yinining o‘zi esa bitta tarix.

- Fransiya termasiga qarshi kechgan hal qiluvchi uchrashuv arafasida tun bo‘yi Alessandro Nesta bilan PlayStation o‘yinidan bo‘shamaganingiz rostmi?

- Ha, ha, doimgidek, rosa o‘ynagandik. Umuman, men va Aleks necha yillar davomida «Milan»da ham, terma jamoada ham bo‘sh vaqtni asosan PlayStationga ajratganmiz. Odatga ko‘ra, doimo «Barselona» jamoasini tanlardim. Yana finalga qaytsak, hammasi xuddi kecha ro‘y bergandek xotiramda turibdi - unutilmas lahzalar... Umuman, real hayotda g‘alaba nash’asi tasavvuringdagisidan 10 chandon kuchli bo‘lishi tabiiy hol. Aslida balki orzumiz xuddi qaysidir film yoki multfilm qahramonikidek boshqacha bo‘lgandir. Misol uchun, finalda Braziliya termasi bilan o‘ynashni tasavvur qilgandirmiz. Ammo amalda Fransiya milliy jamoasidan ustun kelib, jahon kubogida bosh uzra baland ko‘tardik va bu ta’riflanmas voqeadir.

Soddalikka asoslangan harakat

- Endi psixotahlil seansi o‘tkazishga urinib ko‘ramiz: to‘pni qabul qilib olgach, birinchi navbatda, miyangizda qanday xayollar charx uradi?

- Aytarli hech narsa. Umuman, miyamga nimalar kelishini hattoki, tushuntirib ham berolmayman. Faqat shuni aytishim mumkinki, shaxsiy falsafam bo‘yicha futbolda eng asosiysi - oddiylik. Hammasini osongina bajarish imkoni bo‘la turib, ishni nega murakkablashtirish kerak? Sizning sodda harakatlaringiz sheriklaringizga ham qo‘shimcha yengillik yaratadi, axir.

- Alohida o‘yin uslubingizni nazarda tutib, sizni o‘ziga xos me’mor sifatida ham ta’riflash mumkin. Xoynahoy, maktabda geometriya va matematika fanlariga alohida mehr bergan bo‘lsangiz kerak. Umuman, san’atga munosabatingiz qanday?

- Adashdingiz, matematika va geometriya kabi murakkab fanlar bo‘yicha sira maqtanolmasdim. Shunchaki, nol! San’atga kelsak, bunisi tabiatimga juda mos. Biroq futbol bosh-qa narsada, baribir. Modernga havasim baland. Bunga «Milan»da o‘ynagan vaqt «asir» tushganman. Chunonchi, klub sport direktori Aryedo Brayda nuqul qandaydir kartinalar haqida gapirardi va sira charchamasdi. Xullas, u nimadir sotib olishimni tavsiya etib, bizni ko‘rgazmaga boshlab borgandi. Keyinchalik yigitlar va qaysidir murabbiylar bilan ham musavvirlar ko‘rgazmasiga borishni odatga aylantirdik. Xususan, yordamchi murabbiy Mauro Tassotti ko‘p bora hamrohlik qilgandi. Deylik, ayni payt uyimda turli kartinalar juda ko‘p.

-  Xo‘sh, siz uchun eng zo‘r rassom kim?

- Pikasso. Har safar uning biror ijodiga nazar tashlaganimda, yangi-yangi taassorotlar uyg‘onadi. Ko‘pchilik biladi, Nyu-York jahon san’ati poytaxti sanaladi. Shahardagi Zamonaviy san’at muzeyining o‘zi bir olam. Yana Guggenxaym muzeyi ham alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, sanoqsiz kartinalar galereyasi mavjud. Meni bunday joylarda tez-tez uchratish mumkin.

To‘pni uzat va hech narsani o‘ylama

DAVOMI 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:19, 11.05.2017.
O'qildi: 3794 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.