Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Prevyu. «Dinamo» – «Nasaf»

Prevyu. «Dinamo» – «Nasaf»

Baho:
+ | -

Shu haftaning 12-13 may kunlari mamlakatimiz futbol ishqibozlari oliy liganing qiziqarli uchrashuvlariga guvoh bo‘lishadi.

Oliy liga 10-turi doirasidagi “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi ham ana shunday uchrashuvlarning biridir. Bu yilgi chempionatni katta shov-shuvlar bilan boshlagan qo‘shnilarimiz, hozir ham futbol ishqibozlarining diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Yon qo‘shnilar sanalmish  Samarqand va Qarshi shahri jamoalari o‘rtasidagi har bir uchrashuv qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan. Shuningdek “Dinamo” jamoasi “Nasaf” uchun doimo noqulay raqib bo‘lib kelgan.

Mana oradan bir yil o‘tib, mazkur jamoalar yana oliy ligada tuqnash kelishmoqda. “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi 13 may shanba kuni “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha  36 bor kuch sinashishgan.  Natijalar jamoamizning ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 19 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o‘yinda esa “Dinamo” g‘alabaga erishgan. 10 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.

To‘plar nisbati 34:51ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Dinamo” 5:0, “Dinamo” – “Nasaf” 4:0.

Jamoamiz so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2015 yil 31 oktyabrda Samarqandda o‘tkazgan. Bu uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan. 2016 yilgi mavsumda “Dinamo” oliy ligada ishtirok etmagan.

Samarqanddagi o‘zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Samarqandda 18 bor kuch sinashishgan. Uchrashuvlarning oltitasida jamoamiz g‘alaba qozongan. Besh uchrashuvda samarqandliklarning qo‘li baland kelgan. Qolgan yetti uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 39ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbatida ham kichik ustunlik  “Nasaf” tomonida 19:20.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarda so‘nggi bor, 2008 yili “Dinamo” 3:0 hisobida g‘alabaga erishgan. “Nasaf” so‘nggi bor, Samarqandda 2014 yili g‘alaba qozongan. Bu uchrashuvda “ajdarlar” raqiblari darvozasiga beshta javobsiz to‘p yo‘llashgan.

E’tiboringizga,  Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

31.10.2015  «Dinamo» - «Nasaf» 1:1
03.08.2014  «Dinamo» - «Nasaf» 0:5
17.08.2013  «Dinamo» - «Nasaf» 1:3
15.03.2012  «Dinamo» - «Nasaf» 0:2
20.06.2011  «Dinamo» - «Nasaf» 0:1

Jamoalar to‘purarlari

Bu yilgi mavsumda “Dinamo” ham, “Nasaf” ham raqiblari darvozasini 12 martadan ishg‘ol qilgan. Har ikkala jamoaga, raqiblari bittadan avtogol ham “sovg‘a” qilishgan.

“Dinamo” jamoasining to‘purarlari:

Amirjon Safarov – hujumchi – 3

Akmal Bozorov – himoyachi – 2

Sardor Sulaymonov – hujumchi – 2

Javohir Qahramonov – yarim himoyachi – 2

Abdumalik Abdullayev – himochi - 1

Radu Rogak – himoyachi - 1

Orifjon Mamajonov – yarim himoyachi – 1

“Nasaf” jamoasining to‘purarlari:

Dragan Cheran – hujumchi – 6

Bahrom Abdurahimov – yarim himoyachi – 3

Odiljon Hamrobekov – yarim himoyachi - 1

Bobir Abduxoliqov – hujumchi – 1

Sharof Muhitdinov – yarim himoyachi – 1

Jamoalardagi yo‘qotishlar

O‘zingizga ma’lum, “Dinamo” jamoasi o‘tgan 9-turda “Olmaliq” jamoasi bilan kuch sinashdi. Bu uchrashuv 2:0 hisobida konchilar foydasiga hal bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda “Dinamo” jamoasi himoyachisi Shoxruxbek Xolmatov uchrashuvning 68-daqiqasida maydondan chetlatilgan edi. Demak, bu futbolchi jamoamizga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.

“Nasaf”da esa bunday yo‘qotishlar yo‘q.

Uchrashuv hakamlari haqida

“Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvini buxorolik hakam Ilgiz Tantashev boshqaradi. Unga qanotlarda hamshaharlari Xusniddin Shodmonov va Abdurahmon Qo‘ldoshevlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida uchrashuvda Aleksandr Lupashko ishlaydi. Toshkent shahridan. Hakamlar ishini Farhod Abdullayev nazorat qiladi. Toshkent shahridan.

Ilgiz Tantashev bu yilgi mavsumda jamoamiz ishtirokidagi birinchi uchrashuvni boshqaradi. O‘tgan yilgi chempionatda esa “Nasaf” ishtirokidagi to‘rtta uchrashuvni boshqargan. Ularning ikkitasida g‘alaba va ikkitasida durang natijalar qayd etilgan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

“Dinamo” jamoasi hozirgacha 9 uchrashuv o‘tkazgan, ularning to‘rttasida g‘alaba, uchtasida mag‘lubiyat va ikki uchrashuvda durang qayd etgan. To‘plagan ochkolari soni 14ta. Turnir jadvalining 6-pog‘onasida borishmoqda.

“Nasaf” hozirgacha sakkiz uchrashuv o‘tkazdi. Ularning beshtasida g‘alaba, bir uchrashuvda durang va ikki uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashgan. Ochkolari soni 16ta. Turnir jadvalining 3-pog‘onasini egallab turishibdi.

Mazkur jamoalar ana shunday ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro uchrashuvga yetib kelishdi.

Barcha vohalik futbol ishqibozlarini qadimiy va navqiron Samarqand shahriga taklif etamiz va uchrashuvda jamoamizni qo‘llab-quvatlashlarini so‘rab qolamiz.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:53, 11.05.2017.
O'qildi: 3918 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.