Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronalduni 4 soatga ijaraga olishmoqchi

Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronalduni 4 soatga ijaraga olishmoqchi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonida «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni ijaraga olish rejalashtirilmoqda.

Mirror xabariga ko‘ra, jahon futboli yulduzi bilan uchrashishni xohlagan shaxs 920 ming funt to‘lasa kifoya, u bilan 4 soat vaqt davomida birga bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Ayni paytda Saudiya Arabistonining nomi tilga olinmagan bir kompaniyasi bu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi. Kompaniya vakillari 920 ming funt to‘lab, Ronaldu bilan 4 soat davomida birga bo‘lib, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ikkita xabar qoldirish, Ronalduning dastxati tushirilgan 5ta futbolkani qo‘lga kiritish va fotosessiya uyushtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqchi. Bundan tashqari, kompaniya 1 kun davomida uning fotosuratidan mahalliy reklamalar uchun foydalanish huquqini ham qo‘lga kiritmoqchi.

 

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:47, 11.05.2017.
O'qildi: 22256 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.