Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Oliy liga. “Navbahor” va “Qo‘qon-1912” o‘rtasidagi "Vodiy derbisi"da durang qayd etildi

Oliy liga. “Navbahor” va “Qo‘qon-1912” o‘rtasidagi "Vodiy derbisi"da durang qayd etildi

Baho:
+ | -

Oliy liga 10-tur uchrashuvlari doirasida “Navbahor” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qildi.

Murosasiz kurashlarga boy va hujumkor ruhda o‘tgan bellashuvda g‘olib aniqlanmadi.
Ilk daqiqalardan ikki jamoa futbolchilari to‘pga egalik qilish va maydonda har bir qarich yer uchun egalik bo‘lish maqsadida shiddatli futbol namoyish etishdi. Taym o‘rtalariga kelib “Navbahor”ning tashkil etgan bosimi o‘z samarasini keltirdi. Oybek Qilichev jarima to‘pini o‘yinga kiritgach, “Qo‘qon-1912” jarima maydonida yuzaga kelgan pala-partishlikdan Nemanya Yovanovich unumli foydalanib, hisobni ochdi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda yo‘l olishdi.
Ikkinchi bo‘lim ham xuddi birinchisi kabi keskin vaziyatlarga boy, ko‘plab qarama-qarshi hujumlar ostida o‘tdi. 67- daqiqada Mehmonovning qanotdan oshirgani to‘pini Otaxonov darvozaga to‘g‘irlay olmadi. Abbosga bu vaziyatda biroz omad yetishmadi. O‘yingohga yig‘ilgan muxlislar so‘nggi daqiqalargacha “Navbahor”ning g‘alabasiga umid qilib turishgandi. Ammo bosh hakam 87-daqiqada Javohir Siddiqovni Abbos Otaxonov o‘z jarima maydonida qo‘pollik ishlatib to‘xtatdi deb hisobladi va penalti belgiladi. Uni amalga oshirgan Murod Xolmuhammedov mo‘ljalda adashmadi. Shunday qilib “Vodiy derbisi”da jamoalar durangga imzo chekishidi.

Oliy liga, 10-tur
12 may. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh. 20220 tomoshabin.
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 1:1 (1:0).
Gollar: N. Yovanovich (23) – M. Xolmuhammedov (90 pen)
Hakamlar: V. Kovalenko – 8,7, M. Saidqosimov – 8,6, A. Sapenko – 8,4, J. Muxtorov - 8.
Nazoratchi – S. Ermatov.
PFL vakili – A. Inoyatov.
“Navbahor”: 30. Asilbek Amanov, 2. Alisher Samatov, 4. Abbos Otaxonov, 5. G‘iyosjon Komilov (44. Darko Stanoyevich, 7), 7. Oybek Qilichev (11. Abduaziz Sultonov, 81), 9. Dilshod Jabborov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 32. Jahongir Mehmonov, 77. Azizbek Turg‘unboyev, 84. Nemanya Yovanovich (8. Ravshan Xursanov, 65).
“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev (8. Sobir Hamidov, 75), 10. Javohir Siddiqov, 19. Suhrob Berdiyev (11. Andrey Sidorov, 46), 23. Aleksandr Merzlyakov, 24. Ibrohim Rahimov (7. Jamshid Hasanov, 46), 55. Darko Gojkovich, 77. Murod Xolmuhammedov, 99. Filip Rayevas.
Ogohlantirishlar: A. Aliyev (37), A. Samatov (54), M. G‘ofurov (59), A. Turg‘unboyev (67), D. Jabborov (89) – D. Gojkovich (25), A. Merzlyakov (90+3).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:03, 12.05.2017.
O'qildi: 5015 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик