Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Krishtianu VS Lionel terma jamoada kim foydaliroq?

Krishtianu VS Lionel terma jamoada kim foydaliroq?

Baho:
+-1 | -

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z mamlakati termasidagi faoliyati davomida to‘purarlik salohiyatini namoyish etgan eng yaxshi goleadorlar o‘nligidan o‘rin egalladi. Xo‘sh, milliy jamoaga foyda keltirishi bo‘yicha portugaliyalik yulduz ustunmi yoki Lionel Messi? Soccer.ru quyidagi maqola orqali ushbu mavzudagi tortishuvlarga chek qo‘yishni maqsad qildi.

Kimda o‘rtacha sermahsullik yuqori?

Termadagi gollar bo‘yicha solishtirish nisbatan osonroq, zero zamonamizning eng kuchli futbolchilari yoshlik chog‘lari milliy jamoada bir xil pozisiya - qanot yarim himoyasida to‘p surishgan. Hozirgi paytda esa ikkovlon erkinlikka ega - o‘zlari xohlagan nuqtada o‘ynashlari mumkin. O‘z navbatida, goleadorlik bo‘­yicha ham yuqori ko‘rsatkichga egalar. Ronalduning yoshi kattaroq ekani, shu bois ko‘proq o‘yin o‘tkazganini inobatga olsak, umumiy natijalar emas, balki bir uchrashuvda urilgan o‘rtacha gollar miqdorini hisoblash adolatdan bo‘ladi. Portugaliyalik yulduzning hisobidagi 71ta gol uni Klozega yaqinlashtirib, termalar to‘purarlari o‘nligiga kirishiga zamin yaratdi.

Messi esa hozircha termadagi raqiblari darvozasini «atigi» 58 marta ishg‘ol qilgan va zaxirasida hali vaqt yetarli. Tabiiyki, har ikki futbolchi o‘z milliy jamoalarida to‘p kiritish bobida rekordchi hisoblanishadi. Ammo Lionelning jamg‘armasida 70ta gol yo‘q, bunday sharafli marraga esa jahonning 14 futbolchisi yetib borgan, xolos. Ronaldu esa shunday ko‘rsatkich bilan maqtana oladi, binobarin, u argentinalik hamkasbidan 21ta ko‘p o‘yin o‘tkazgan. O‘z navbatida, o‘rtoqlik bahslarini nazardan chetda qoldirish ham adolat mezoniga to‘liq mos tushadi. Chunki bunday uchrashuvlarda urilgan gollar turnir nuqtai nazaridan hech qanday qiymatga ega bo‘lmaydi. Rasmiy o‘yinlar bo‘yicha esa hisob 56:31, Krishtianu foydasiga. Messi tomonidan kiritilgan to‘plarning yarmi o‘rtoqlik uchrashuvlariga to‘g‘ri keladi. Ronalduda esa bunday gollar 20 foizni tashkil qiladi, aftidan, uning behuda gollarga ishtiyoqi yo‘q.

Raqamli xulosa: Ronalduning g‘alabasi. Garchi umumiy hisobda deyarli tenglik kuzatilsada (bir o‘yinda urilgan gollar soni: 0,514ga 0,496), rasmiy uchrashuvlar bo‘yicha Krishtianudagi samaradorlik yuqori (0,595ga 0,407).

Kim muhim bahslarni ko‘proq boy bergan?

Ronaldu uchun termadagi start portugaliyaliklar Yevro-2004ga mezbonlik qilgan davrga to‘g‘ri kelib, o‘shanda «Real» hujumchisi Gresiya termasidan ikki marta alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgan. Rossiyaliklarning 7:1 hisobida taslim etilishi ham ko‘pchilikning yodida. Portugallar JCH-2006 yarim finalida Fransiya, uchinchi o‘rin uchun bahsda esa Germaniya termasiga yengilishdi. Shuningdek, Yevro-2008da olmonlardan, jahon chempionatida ispanlardan mag‘lubiyat qabul qilib olindi. So‘ngra saralashda daniyaliklarga imkoniyat boy berildi. Yevro-2012da yana o‘sha «nemis mashinasi» ustun keldi, keyinroq esa penaltilar bo‘yicha ispanlarga yutqazishdi. Darvoqe, Rossiya termasining saralashda Ronaldu yetakchiligidagi jamoani mag‘lubiyatga uchratib, ularni «pley-off»da shvedlarga ro‘baro‘ qilganini ham unutmaylik. Va albatta, Germaniya milliy jamoasining portugallar ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongani ham yodda qolgan. Demak, jami 11ta muhim o‘yin Krishtianu uchun omadsiz tarzda yakunlangan.

Messining hisobidagi mag‘lubiyatlar esa nisbatan ko‘proq. Uning termasi qatnashadigan saralashda kuchli beshlikdan chiqib ketmaslik talab etiladi, u yerda yutqazmaslik juda qiyin. Lionel yetakchiligida argentinaliklar Amerika kubogida Paragvay, Urugvay, Braziliya jamoalariga imkoniyatni boy berishgan. So‘ngra Kolumbiya, Chili, Boliviya, Ekvador hamda yana bir bor Braziliya va Paragvayga yutqazishdi. Keyinchalik mundialda Germaniya termasi ustunroq keldi - 0:4. Boshqa safar Urugvay penaltilar bo‘yicha g‘alabani ilib ketdi, Venesuela Argentina termasini ochkosiz qoldirdi. JCH-2014 finalida yana «nemis mashinasi» 1:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu ro‘yxatga Amerika kubogining ikkita finalida Chili va o‘tgan yili braziliyaliklardan qabul qilib olingan bitta yirik hisobdagi mag‘lubiyatni ham qo‘shamiz. Jami - 16ta. O‘z navbatida, Lionelda 76ta, Krishtianuda esa 94ta rasmiy o‘yin bor. Boy berilgan finallar bo‘yicha ham Messi «oldinda».

Raqamli xulosa: Ronalduning g‘alabasi. Muhim o‘yinlarning boy berilishi bo‘yichahisob11ga 16, Krishtianu foydasiga. Foiz hisobida ham xuddi shunday ko‘rinishga guvoh bo‘lamiz. «Real» yulduzida rasmiy uchrashuvlardagi mag‘lubiyatlar 12 foizni, Messida esa 21 foizni tashkil etadi.

Grandlar darvozasiga kim ko‘proq gol urgan?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 04:46, 13.05.2017.
O'qildi: 20319 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.