Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Karrera: «Spartak»ning chempion bo‘lishida muxlislarimiz katta rol o‘ynadi»

Karrera: «Spartak»ning chempion bo‘lishida muxlislarimiz katta rol o‘ynadi»

Baho:
+ | -

Moskvaning «Spartak» klubi 16 yillik tanaffusdan so‘ng Rossiya chempioni bo‘ldi. Jamoaning bu muvaffaqiyatida italiya­lik murabbiy Massimo Karreraning hissasi katta. Chempionlik masalasi hal etilganidan so‘ng rossiyalik jurnalistlar ushbu mutaxassis bilan suhbat uyushtirishdi.

- Rossiya chempionligi bilan tabriklaymiz.

- Rahmat. Uxlab qolibman. Ertalab tursam qor yog‘ayotgan ekan. Biz italiyaliklar uchun may oyida qor yog‘ishi g‘alati tuyuladi (kuladi).

- Yakshanba oqshomida «Spartak»­ning chempionlikni nishonlagani haqida ko‘p yozildi. Foto va videolar ham bor. Buni inkor etib bo‘lmaydi...

- Siz qanday bo‘lishini xohlagandingiz?  Boshqalar uchun qanday bilmadimu, men uchun kutilmagan voqea ro‘y berdi. Bu esa ikki karra yoqimli. Oldindan nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmagandim. Keyin hamma ehtirosga berilib ketdi va bir joyga to‘planishni istab qoldik. Ajoyib bo‘ldi.

- Aytishlaricha, siz ko‘plab futbolchilarni bunday xursand holatda birinchi bor ko‘ribsiz. Misol uchun, jamoa sardorini...

- Futbolchilar ham murabbiylarini birinchi bor shunday quvnoq holatda ko‘rishdi. Axir biz esda qolarli natija qayd etdik.

- Uzoq nishonladinglarmi? Ertalab boshingiz og‘rimadimi?

- Tan olaman, biroz og‘ridi.

- Sizdan oldin rafiqangiz Pinni bilan qo‘ng‘iroqlashdik. U hali bunday hissiyotga berilmaganini tan oldi.

- Oilam - mening qo‘rg‘onim. Pinni Tomskdagi o‘yindan oldin Moskvaga qaytganidan xursandman. G‘alabani oilam bilan baham ko‘rmoqchiman.

- 17 may kuni «Spartak» chempionlikni o‘z stadionida nishonlashini bilasizmi?

- To‘g‘risini aytsam, bilmagandim. Lekin buning esda qolarli bo‘lishiga ishonaman.

- Chempionlik va marosim yaxshi. Lekin mavsumning hali yana uchta o‘yini bor. Yigitlarni bu bahslarga tayyorlay olasizmi?

- Buning ustida ish olib boramiz. Jamoaning 70 ochkolik marradan o‘tishini juda istagandim. Ochkolarni bizga hech kim shunchaki ulashmaydi. Shunday ekan, buning uchun jiddiy kurashmoq lozim.

- Demak, mashg‘ulotlarda futbolchilarga oson bo‘lmas ekanda?

- Bu reallik. Yanada yuqori saviyaga chiqish uchun biz yana va yana ishlashimiz talab etiladi. Boz ustiga, kelgusi mavsum Chempionlar Ligasida o‘ynaymiz. Bu turnirga tayyorgarlikni hozirdan boshlashimiz talab etiladi.

- «Spartak»ning chempionligida fanatlar qanday rol o‘ynashdi?

- «Spartak»ning Rossiyadagi eng mashhur klub ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim. Misol uchun, turnir autsayderi bo‘lgan «Tom»ga qarshi uchrashuvda stadion to‘ldi. Albatta, muxlislarimiz g‘alabamizda katta rol o‘ynashdi.

- Chempionat tugashiga uch tur qolganida bosh sovringa ega chiqishni e’tirof etmay bo‘lmaydi. Ammo mavsum avvalida «Spartak»ni qabul qilib olganingizda sizning qo‘l ostingizdagi jamoa chempion bo‘lishiga ishonishmagandi.

- Muxlislar, jurnalistlar va ekspertlarni yaxshi tushunaman. O‘shanda meni vaqtinchalik tayinlashgandi. Keyinroq doimiy bosh murabbiyga aylandim. «Qanaqasiga unga ishondinglar?» «U nima qila oladi?», «Qayerdan kelib qoldi?» qabilidagi savollar ko‘p bo‘lganini bilaman. Muhimi, futbolchilarimiz bundan ranjishmadi. Ular vazifalarini a’lo darajada bajardilar.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:15, 15.05.2017.
O'qildi: 2369 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.