Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Harri Rednapp: «Sluskiy – top-murabbiy»

Harri Rednapp: «Sluskiy – top-murabbiy»

Baho:
+ | -

70 yoshli Xarri Rednapp nihoyat, yangi jamoani qabul qilib oldi: uning oldiga «Birmingem Siti»ni Angliya birinchi ligasida olib qolishdek murakkab vazifa qo‘yilgandi. E’tiborlisi, faxriy mutaxassis ishlari juda tig‘izligiga qaramay, «SE» muxbirlarining iltimoslariga ko‘ra, intervyu uchun ma’lum vaqt ajratdi.

- Klubingiz yozda qaysidir rossiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinmi? Deylik, Fyodor Smolov xususida nima deya olasiz? Uni bilasizmi?

- Hm-m-m. Yo‘q, tanimayman.

- Smolov - Rossiya premyer-ligasining eng yaxshi to‘purari. Ayrim ma’lumotlarga asosan, bu futbolchi «Everton» safiga qo‘shilishi mumkin.

- Qiziq, juda qiziq. Bilasizmi, rossiyalik ko‘plab futbolchilar Angliyada munosib to‘p surishgan. Shunday ekan, yana yangi futbolchini ko‘rish ancha qiziqarli. Albatta, agar u chindan ham, saviyali o‘yinchi bo‘lsa, «Everton»da muvaffaqiyat qozonishi hech gap emas.

- Aytingchi, nima uchun Britaniya futbolida Rossiya vakillari yo‘q?

- Murakkab savol. APLda ko‘plab mamlakatlardan kelgan futbolchilar to‘p surishmoqda. Lekin Rossiyadan yo‘q. Sabab nima? Balki ayni payt mamlakatda yuksak saviyali futbolchilar sanoqlidir...

- Lekin mahalliy ligada munosib futbolchilar yetarli. Masalan, Kvinsi Promes...

- Afsuski, bu futbolchi haqida ham eshitmagan ekanman.

- Nahotki, axir «Spartak»ning gollandiyalik yetakchisi qishda «Liverpul» e’tiboriga tushgandi, endi esa «Arsenal»ning qiziqishi haqida gap-so‘zlar urchimoqda.

- O‘zi u qaysi pozisiyada o‘ynaydi?

- Promes - hujumkor o‘yinchi. Qanotlarda ham, markazda ham ishonchli to‘p suradi. «To‘pchilar»ga shunday hujumchi kerakmi?

- Umuman olganda, ha. Lekin «Arsenal» yozda Arsen Venger jamoasi maqomidan ayrilishi mumkin. Shunisi faktki, londonliklarga avvalgi nufuzni tiklash uchun shunchaki, yaxshi o‘yinchilar emas, eng sara futbolchilar kerak. Siz aytayotgan futbolchi saviyasi qandayligini esa bilmayman.

- Sluskiy - bu familiya sizga tanishmi?

- Ha, ammo u haqda yetarli ma’lumotga ega emasman.

- Sluskiy hozirda ishlayotgani yo‘q va Londonda malaka oshirmoqda. Zero, maqsadi - APL yoki chempionship jamoalaridan birini boshqarish. Sizningcha, u yurtingizda muvaffaqiyat qozona oladimi?

- Albatta, bunga shubhalanmayman. Bizda turli mamlakatlar vakillari ishlashadi. Sluskiy - top-murabbiy, o‘z ishini uddalashga qodir. Futbolda jamoa tarkibi muhim ahamiyat kasb etishi tayin. Agar o‘yinchilar saviyasi talabga javob bersa, murabbiyning ish yuritishi ancha oson kechadi, aks holda, harchand tajribali bo‘lmasin, qiynalib qoladi.

- Sluskiy top-murabbiy ekan, «Arsenal»ga mos tushadimi?

- Ishonchim komil emas. Lekin jamoa sohiblaridan biri rossiyalik («Arsenal» aksiyalarining 30 foizi Alisher Usmonov tasarrufida). Balki u vatandoshi malakasi va imkoniyatlaridan yaxshi xabardordir? Ammo klub rahbariyati avvalo, Arsen Venger masalasiga oydinlik kiritishi lozim.

- Aytingchi, sizga shunday assistent kerakmi?

- Sluskiyning ikkinchi rolga ko‘nmasligi aniq. Axir u doimo birinchi raqamli bo‘lishga odatlangan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:36, 17.05.2017.
O'qildi: 2900 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.