Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Derbi. Toshkentning qayta «uyg‘onayotgan» ikki jamoasi to‘qnashuvi haqida

Derbi. Toshkentning qayta «uyg‘onayotgan» ikki jamoasi to‘qnashuvi haqida

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Oliy ligasining 11-turidani o‘rin olgan «Bunyodkor» va «Paxtakor» jamoalari o‘rtasidagi Toshkent derbisi bo‘lib o‘tadi. Tribuna.Uz o‘z vaqtida O‘zbekistonning eng keskin qarama-qarshiligi bo‘lgan o‘yinga batafsil to‘xtaladi.

«Bunyodkor» - «Paxtakor» (17 may, 19:00, Sport)
Hakamlar: Hasan Ro‘ziyev (Toshkent), Olim Abduvosilov (Toshkent), Sanjar Shoyusupov (Toshkent), Akmal Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: Alisher Abdullayev (Toshkent).

O‘yin oldidan
«Bunyodkor» so‘nggi to‘rtta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti. (2 durang, 2 mag‘lubiyat). Jamoa so‘nggi marta aprelda «Neftchi» mehmoni bo‘lib g‘alaba qozonib qaytgandi. O‘tgan turda Mirjalol Qosimov bilan dastlabki uchrashuvini o‘tkazgan «Bunyodkor» «Sho‘rtan»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Bunday mufaffaqiyatsiz o‘yinlardan keyin 9 o‘yinda 10 ochko to‘plagan «qaldirg‘ochlar» 16 jamoa ichida «Qizilqum» bilan 12-13 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Jamoani xavfli zonadan bor-yo‘g‘i ikki ochko ajratib turibdi.

«Paxtakor» esa murabbiyni almashtirgach, anchagina o‘zgarishlar kuzatildi. «Sherlar» uch turdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda (2 g‘alaba, 1 durang). O‘tgan turda «Buxoro»ni o‘z uyida mag‘lubiyatga uchratgan toshkentliklar 10 uchrashuvda 14 ochko to‘plab, 8-o‘ringa ko‘tarilib olgan.

Uchrashuvlar tarixi
Hozirga qadar ikki jamoa chempionat doirasida 20ta uchrashuv maydonga tushgan bo‘lib, 7 uchrashuvda «Bunyodkor», 5 uchrashuvda esa «Paxtakor» g‘alabaga erishgan. 8 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. «Bunyodkor» maydonidagi kechgan 10ta uchrashuvning 6tasida mezbonlar zafar quchgan bo‘lsa, 2 marta «Paxtakor» yutuqqa erishgan va yana 2 uchrashuv durang qayd etilgan. Umumiy to‘plar nisbati 24-18, «Bunyodkor» foydasiga.

«Bunyodkor» mezbonlar qilgan so‘nggi 4ta uchrashuvning ikkitasida «Paxtakor» g‘alaba qozonishning uddasidan chiqqan. Ammo so‘nggi ikki uchrashuvda jamoa raqib darvozasiga birorta to‘p kirita olmasdan mag‘lub bo‘lgan. So‘nggi marta «Paxtakor» «Bunyodkor» uyida 2014 yilning noyabrida g‘alaba bilan qaytgan.

Qiziqarli faktlar

— «Bunyodkor» joriy mavsumda o‘z uyida o‘tkazgan 4ta uchrashuvning faqat bittasida g‘alaba qozongan («So‘g‘diyona», 1:0);

— Bugungi mezbonlar so‘nggi uch uchrashuvdan buyon o‘z uyida g‘alaba (2D, 1M) qozona olmay kelmoqda;

— «Paxtakor» bu mavsumda safarda to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, birorta uchrashuvda ham g‘alaba qozona olmagan (2D, 2M).

— «Bunyodkor» o‘z uyida «Paxtakor»ga qarshi o‘tkazgan so‘nggi 8 uchrashuvning 7tasida kamida ikkitadan (yoki undan ko‘p) gol kiritishning uddasidan chiqqan.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 15:56, 17.05.2017.
O'qildi: 5208 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик